3-AMALIY MASHG’ULOT
CHIZIQLI SISTEMALARNING CHASTOTAVIY XARAKTERISTIKALARINI QURISH
Chiziqli statsionar sistemalarni tasvirlashda chastotali xarakteristikalar juda muhim rol o‘ynaydi. Bir o‘lchamli chiziqli statsionar sistemaning umumiy ko‘rinishdagi operator tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
(3.1)
Uzatish funksiyasining ta’rifiga ko‘ra:
(3.2.)
funksiyaning uzatish funksiyasi dan bilan almashtirish orqali olinadi va chastotaviy uzatish funksiyasi deyiladi:
(3.3.)
Chastotaviy uzatish funksiya chatota deb ataluvchi haqiqiy o‘zgaruvchi « » ga bog‘liq bo‘lgan kompleks funksiyadir.
- algebraik ko‘rinishi;
- darajali ko‘rinishi,
bu yerda - haqiqiy qism; - mavhum qism; - amplituda; - faza.
; (3.4.)
3.1 – rasm. Chiziqli sistemaning amplituda-faza chastotaviy xarakteristikasi
Kompleks tekisligida W(j) funksiyasini vektor orqali ifodalash mumkin. Bu vektorning uzunligi chastotali uzatish funksiyasining amplitudasi «A»ga vektorning haqiqiy musbat o‘q bilan hosil qilgan burchagi fazasi «»ga teng bo‘ladi (3.1-rasm).
Chastota noldan cheksiz (0) oraliqda o‘zgarganda vektorning kompleks tekisligida chizgan egri chizig‘iga amplituda-fazali xarakteristika (AFX) deyiladi, yoki boshqa qilib aytganda AFX deb kompleks tekisligida chastotaning o‘zgarishiga qarab amplituda va fazaning o‘zgarishiga aytish mumkin.
Chastotali uzatish funksiyasining amplitudasi chiqish signalining amplitudasini kirish signalining amplitudasiga nisbatan necha marotaba kattaligini ko‘rsatadi. Chastotali uzatish funksiyasining moduli amplitudasini beradi, ya’ni chastotali uzatish funksiyasining argumenti chiqish va kirish signallari orasidagi burchak siljishini ko‘rsatadi, ya’ni
3.2 – rasm. Chastotali uzatish funksiyasi amplituda va faza xarakteristikalarining chatotaga bog‘liqlik grafigi
(3.5.)
- kuchaytirishning amplitudasi
; . (3.6.)
- amplituda fazaviy xaraketistika (AFX);
- haqiqiy chastotaviy xarakteristika (HCHX);
- mavhum chastotaviy xarakteristika (MCHX);
- amplituda chastotaviy xarakteristika (ACHX);
- faza chastotaviy xarakteristika (FCHX).
Yuqoridagi xarakteristikalardan tashqari quyidagi ikkita logarifmik xarakteristika ham mavjuddir.
funksiya - logarifmik amplituda chastotaviy xarakteristika (LACHX) deyiladi. Amplitudaning ga nisbatan chizilgan grafigiga logarifmik amplituda chastotaviy xarakteristika (LACHX) deyiladi. ning ga nisbatan chizilgan grafigiga logarifmik fazo-chastotaviy xarakteristika (LFCHX) deyiladi.
ning o‘lchov birligi «dekada», bir dekada chastotaning o‘n marta oshishini bildiradi. ning o‘lchov birligi «detsibell» quvvatni o‘n marta ko‘paytirish bir bellni beradi, ya‘ni .
Dostları ilə paylaş: |