II. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli.
AutoCAD ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Is h stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
1-rasm. AutoCAD dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash muhiti.
Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha;
2. Asosiy menyu;
3. Asboblarning standart paneli;
4. “Ob’yektning xususiyati” paneli;
5. “Chizish” paneli;
6. “O’zgartirish” paneli;
7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri);
8. Holatlar satri;
9. Asosiy ishchi maydon;
10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati.
AutoCAD 2004 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 1-rasmdagidan farq qilishi mumkin.
AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi:
AutoCAD 2004 tizimi interfeysining birinchi satrida [ ] sarlavha chiqariladi, bu yerda ‘Drawing1’ muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi, ‘.dwg’ esa fayl kengaytmasidir.
AutoCAD 2004 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan ( 3-rasm) u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
1.3-rasm.
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
“Вид” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o’rnatadi;
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash;
“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o’lchamini boshaqarish, o’lchamlar birligini o’rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar menyusi;
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Рисовать” – turli shakllar chizish va hajmini o’zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi;
“Размер” – o’lcham ko’rsatgichlarini boshqarish va ularni qo’yish buyruqlari ochiladi;
“Изменить” – chizma elementlarini o’zgartirish – chizmani va undagi yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi;
“Express” – servis xizmati ko’satish;
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib ularni ochadi;
“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq ma’lumot berilgan.
Dostları ilə paylaş: |