Chizmachilik darslarida ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari. Kurs ish



Yüklə 35,28 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü35,28 Kb.
#128483
CHIZMACHILIK DARSLARIDA KO\'RGAZMALI QUROLLARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI.KURS ISH


CHIZMACHILIK DARSLARIDA KO'RGAZMALI QUROLLARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI.KURS ISH
Chizmachilikni o„qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Hozirgi vaqtda eng tashvishli masalalardan biri talabga javob bermaydigan darajada o„qiydigan o„quvchilarning ko„pchilikni tashkil qilishi. Sababini aniqlash muhim masala hisoblanadi. Bolalarning o„tish yoshi eng qiyin davr hisoblanadi. O„qituvchilar o„z o„quvchilarining shu davrdagi o„ziga hos o„zgarishlarini hisobga olmasliklari natijasining mahsulidir. Bolalarning bu o„tish yoshi davri shvetsiyalik psixolok Jan Piaj (1876-1980) ning fikricha, o„spirinlarda ob„yektga, borliq dunyoga nisbatan abstrakt fikrlash jarayonining yetilishi bilan xarakterlanadi. Fikr yuritish harakatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, hissiyotiga ta‟sir ko„rsatadi. Amerikalik psixolog Stenli Holl (1884-1923) ta‟biri bilan aytganda bolaning ichki va tashqi nizolarining kuchaygan davri bo„lib, “individual hissi” paydo bo„ladi. Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) bolaning o„z oldiga qo„ygan maqsadiga erishish yo„lida ishbilarmonlik va juda ta‟sirchanlik paydo bo„ladi. Bu yoshda mehnatga bo„lgan munosabatiga asos solinadi. Bolalardagi ta‟sirchanlik ijtimoiy omil va tarbiyalanish sharoitiga, shaxsning individualligiga bog„liq bo„lib, “men” degan qarama-qarshilik da‟volari bola shaxsining hissiyotiga katta ta‟sir ko„rsatadi (I.S.Kon, Psixologiya yunosti, M., “Prosvesheniya”, 1989-79 b). Bu yoshda bolalarda hayolparastlik davri boshlanadi. Tevarak atrofni o„rab turgan turli hodisalarga javob topishga intiladi. O„z ichki dunyosini qondirish maqsadida har xil gipotezalar tuzadi, o„zining psixik holatini zezmaydi. Agarda bola xafa bo„lsa, u atrofdagi muhitni sabab qilib ko„rsatishga urinadi. O„quvchilarning o„tish yoshidagi har xil “qiliqlarini” hisobga olib, o„qitish tashkil qilinsa, uning samaradorligi oshishiga sababchi bo„linadi. O„quvchilarning psixik o„zgarishlariga mos keladigan didaktik metodlar tatbiq qilib yangi natijalarga erishish mumkin. 4 “Tasviriy san‟at va muhandislik grafikasi” ta‟lim yo„nalishining o„quv rejasida “Muhandislik grafikasi fanini o„qitishning zamonaviy tеxnologiyalari” fani mavjud bo„lib, unda chizmachilik fanini o„qitishda pedagogik texnologiyalarning o„rni va amaliy ahamiyati o„rganiladi. Oliy ta‟lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlanishi sababli pedagogik texnologiyalarni fanga amaliy tatbig„ini va uni tashkil qilish metodikasini talabalarga ilmiy asosda yetkazib berish lozim. Bolalarning 8-9- sinflarda o„qiydigan payti o„tish davrining qiyin vaqtiga to„g„ri keladi. Shu yoshdagi bolalarga chizmachilikdan dars berishni biroz bo„lsa ham osonlashtirish, o„qishda o„quvchilarning faolligini oshirish maqsadida chizmachilikni o„qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga murojaat etiladi. Ushbu o„quv-metodik qo„llanma chizmachilik fani o„qituvchisini tayyorlovchi ta‟lim yo„nalishlari uchun yozilgan bo„lib, undan shuningdek, maktab o„qituvchilari va o„rta maxsus o„quv yurtlari metodist pedagoglari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qiziqayotgan har bir chizmachilik mutaxassisi foydalanishi mumkin. Qo„llanmaning saviyasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan maslahatlari hamda bergan yordamlari uchun mualliflar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Chizmachilik va uni o„qitish metodikasi” kafedrasi professoro„qituvchilariga, xususan dotsentlar P.Adilov va A.Ashirboyevlarga o„zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradi. Mualliflar 5 KIRISH Bizning tariximiz juda boy ekanligini istiqlol tufayli angladik va o„zligimizni bilib, o„tmishimizda dunyoviy hamda diniy ilmli olimlarimiz dunyo va diniy ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo„shganliklaridan xabardor bo„lishga muyassar bo„ldik. Ma‟lumki, har qanday buyum, bino kabilarni yaratishdan oldin ularning chizmalari chizib olinadi.VII – XV asrlarda Markaziy Osiyo (hozirgi O„zbekiston xududi)da buyuk ilmiy kashfiyotlar va yirik obidalar bunyod etilgan. Bunday yirik va hashamatli obidalarni hamda ilmiy kashfiyotlarni chizmalarsiz yaratib bo„lmaydi. O„sha davrlarda chizmachilik ilm sifatida me‟morchilik bilan birga uning ajralmas qismi sifatida rivojlangan. Chizmachilikka bir vosita sifatida qaralgan va ilm (fan) sifatida unga ahamiyat berilmagan. Chizma - mavjud davlat standart talabida barcha qonun-qoidalarga rioya qilib ma‟lum geometrik yasashlar ko„lami qo„llanilib, chizma asboblari yordamida biror maqsadni ko„zlab bajariladigan tasvir hisoblanadi. Tasvir – biror buyumni narsa ustida qalam, mix (tig„), siyoh, bo„yoq kabilarda qirib, qirqib bajariladigan chizma, rasm, fotografiya kabilar hisoblanadi. Istiqlol tufayli o„qitish metodikasi va pedagogika-psixologiyada o„quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta‟lim jarayonida o„quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritishga katta ahamiyat berilamoqda. Ayniqsa, dars jarayonida o„quvchilarning o„quv faoliyatlarning almashinuvchanligini amalga oshirish barcha o„quv predmetlari qatorida chizmachilikni o„qitish metodikasining diqqat marakzidagi vazifalardan biri bo„lib kelmoqda. Ma‟lumki, grafikaviy faoliyat o„zining o„ziga xos hususiyati bilan va mohiyatiga ko„ra pirovard natijada chizmalarni o„qish sohasidagi bilimlar va uquvlar hajmi bilan texnikaga taaluqli sistemalashtirilgan bilimlarni uyg„unlashtirish bilan harakterlanadi. Har qanday dars didaktik tamoyillarga asoslangan bo„ladi. Shu boisdan taklif qilinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qaysi biri qachon va qanday paytda kiritish maqsadida har bir dars tarkibi avvaldan sinchiklab bo„laklarga ajratib, o„zlashtirilishi lozim bo„lgan tushuncha va uquvlarni belgilab chiqish lozim. So„ngra, dars bosqichlarining tarkibiga u yoki bu pedagogik texnologiyalarni kiritish oldindan rejalashtirilib qo„yiladi. Shunda u darsning umumiy tarkibiga uyg„unlashib ketadi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, pirovard natija chizmalarni o„qish asosiy masala hisoblanganligi sababli eng oldin, chizma to„g„risida biroz bo„lsa ham tarixga murojaat etiladi. Inson yaratilgandan keyingi qo„liga olgan birinchi quroli yordamida bajargani tasvir bo„lishi mumkin. Qoyalardagi, g„orlardagi chizilgan turli hayvonlar va 6 boshqalarning rasmlarini chizish orqali turli ko„rinishdagi tasvirlarni bajarishgan. Bu yerda bajarilgan tasvirlar chizish orqali amalga oshirilgan. Demak, har qanday tasvir, ya‟ni u yoki bu narsaning dastlabki paydo bo„lishi chizish orqali amalga oshirilar ekan. Shunday qilib, chizish (chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o„z atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o„z tushunchasini o„zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne‟matning rivojlanishida chizmaning o„rni o„ta muhim hisoblangan ekan. Haqiqatda, hozirda ham har bir buyum va u kattami, kichikmi yaratilishi oldidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Har bir buyumni sotib olinganidan keyin, uni ishlatishdan oldin chizmasiga murojaat etiladi. U buyum chizmasi yordamida yig„iladi, ta‟mirlanadi, sozlanadi. Xullas, insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog„liqligi hammaga ayon. Ammo tevarak-atrof , ya‟ni borliqni o„rganish jarayoni orqali insonlar o„z manfaati, yashab turgan vatani manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko„zlab ilmfan bilan shug„ullanishadi va yangi-yangi kashfiyotlar ochishadi.Bularning barchasini butun dunyo ahliga yetkazishga eng birinchi navbatda chizmalarga murojaat etiladi. Maktablarda, maxsus o„rta va oliy o„quv yurtlarida o„qitiladigan har bir o„quv fani (predmeti) asosan texnikani rivojlantirishga qaratilgan. Bejizga chizma texnikaning tili deb aytilmagan. Texnikasiz hattoki, kiyimingizni eplab kiya olmaysiz ham. Chizmalarda ham o„z navbatida turli ko„rinishlarga ega. Masalan, har qanday chizmani chizishga kirishishdan oldin chizuvchi o„z navbatida qo„liga qalam, chizg„ich, sirkul kabi chizish asboblarini oladi. Hamda qog„oz sathida o„zaro parallel, perpendikular, ayana va turli shakllarni chiza boshlaydi. Bu bilan chizuvchi qog„ozda ongidagi buyum va uning detallari haqidagi ma‟lumotlarni ro„yobga chiqarish jarayonida eng avval geometrik yasashlarni bajaradi. Geometrik yasashlar chizmachilik fanining asosi hisolanadi. Har qanday chizmani chizayotgan shaxs yuqori malakaga ega bo„lgani uchun turli geometrik yasashlarni avtomatik tarzda bajarishga odatlanib qolgan. 7 1. CHIZMALARNI CHIZISH Umuman olganda, kundalik turmushimizda chizmalarni o„qishni bilmaydigan shaxs hozirgi zamon texnikaviy texnologiyalarni egallay olmaydi. Chizmachilikka oid bilimlarni to„liq egallay olish uchun chizmalarni chizish va o„qishni o„rganishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda soddalashtirib tasvirlashni egallashdan boshlanadi. Narsani tekislikdagi shartli soddalashtirib tasvirlashda masalan,gugurtning qutisini bitta ko„rinishda tasvirlansa, uning yaqqol tasviri hisoblanadi. Agar gugurt qutisi uchta tekislikda, biri olddan (V yo„nalish), ikkinchi ustdan (H yo„nalish, uchinchisi chapdan (W yo„nalish) yoramida tasvirlanssa, soddalashtirib shartli tasvirlsh deyiladi (1-chizma, a, b). 1-chizma Bu yerda gugurt qutisini geometrik figura deb qaralsa, u paralellopiped deb nomlanadi va uning olddan ko„rinishida qalinliksiz tasvirlanadi. Uning qalinligi ustidan va chapdan ko„rinishlarida aniqlanadi. Ushbu uchala ko„rinishlarni bitta chizmada tasvirlansa ko„rinishlar deyiladi. Demak, chizmani chizish va uni o„qish o„rganish uchun buyumning alohida uchta ko„rinishini jamlab, bitta yaqqol tasvir ko„rinishiga keltirib idrok qilish lozim bo„ladi. 8 Ko„rinishlarni o„rganish uchun narsani tekislikka proyeksiyalash usullari bilan tanishib chiqish joiz bo„ladi. Ko„rinishni proyeksiya atamasi bilan almashtiradi. Proyeksiyalash usullari. Bu usullarni yaxshi o„rganish uchun to„g„ri chiziq kesmasi AB dan foydalaniladi. Proyeksiylash asosan ikki xil bo„ladi. 1.Markaziy proyeksiyalash. Bu usulda AB kesmani H tekislikka proyeksiyalash uchun proyeksiyalar markazi S nuqta belgilab olinadi. S nuqta A va B nuqtalar bilan tutashtiriladi hamda bu nur H bilan kesishguncha davom ettiriladi. Shunda H da A′ va B′ hosil bo„ladi. A′va B′ o„zaro tutashtirilsa, AB ning H dagi proyeksiyasi (ko„rinishi) hosil bo„ladi (2-chizma). 2-chizma 2.Parallel proyeksiyalash. Bu usulda S markazni cheksizlikka yo„naltiriladi, ya‟ni uni Oy yoki Quyosh bilan almashtiriladi. Shunda S dan kelayotgan SA va SB nurlar (chiziq ) lar o„zaro parallel vaziyatga o„tadi va S markaz s yo„nalishga almashtiriladi. A va B nuqtalar orqali s proyeksiyalash yo„nalishiga parallel chiziqlar o„tkazilib, ular H bilan kesishtiriladi. A′ va B′ o„zaro tutashtiriladi va hosil bo„lgan proyeksiya tahlil qilinadi. s yo„nalish H ga og„ma (qiya) vaziyatda bo„ lganda qiyshiq burchakli, perpendikular (H ga nisbatan to„g„ri burchak (90о ) ostida) olinsa, to„g„ri burchakli (ortogonal-yunoncha orto-to„g„ri, gonal-burchak) proyeksiyasi hosil bo„ladi (3- chizma, a, b). 9 3-chizma Bundan keyin faqat to„g„ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash orqali chizmada buyum (detal)ning proyeksiya (ko„rinish)larini o„rganiladi. Markaziy pryeksiyalash orqali chizmalar chizilmaydi u usuldan rassomlar foyalanishadi. Chunki perspektiva fani asosan markaziy proyeksiyalashga asoslangan. Ortogonal proyeksiyalashni mukammal o„rganish maqsadida biror geometrik jismning proyeksiyalarini yasab ko„raylik. Parallelepipedni H, V va W tizimida tasvirlashni ko„rib chiqiladi. 4-chizma O„zaro perpendikular H, V va W proyeksiyalar tekisliklari fazosida joylashgan parallelepipedni H ga perpendikular qilib olinsa, unga ustki va ostki asoslari ustmaust tushib, bitta kichik to„rtburchak ko„rinishida proyeksiyalanadi. Bu yerda s 10 yo„nalish H ga perpendikular oligan edi. Endi s yo„nalishbi V ga perpendikular qilib olinsa, parallelepipedning old va orqa yoq (tomon) lari ustma-ust tushib, katta to„rtburchak ko„rinishda proyeksiyalanadi (4-chizma, a). Shu uchala proyeksiyani bitta tekislikka keltirib tasvirlash uchun parallelepiped olib qo„yiladi va uning H va W dagi proyeksiyalarini V dagi proyeksiyaning ostiga va yoniga joylashtirilsa, tekis chizma hosil bo„adi. Buning uchun H ni OX orqali pstga, W ni OZ orqali o„ngga buriladi. Shunda OY o„q ikkiga ajraladi. Bundan keyin proyeksiyalarni ko„rinishlarga almashtiriladi (4-chizma, b). 2. CHIZMALARNI O„QISH Chizmalarni o„qish fazoviy tasavvur va fazoviy fikrlash uzviy bog„lanib, ko„rinish (proyeksiya) larga ko„z yugurtirib jism (detal) ning qiyofasini ko„z oldimizga keltirishga harakat qilinadi, ya‟ni detal ko„rinishlarini sintez qilib, barcha ko„rinishlar bir yerga (yaqqol tasvir kabi) yig„iladi. Shundagina detalni to„liq idrok qilib, u to„g„risida aniq ma‟lumotga ega bo„linadi. Har qanday jism (detal)ning shakli geometrik jismlarning yig„indisidan tuzilgan bo„ladi. Shu bois, har bir detalning shakli geometrik tushunchalar bilan xarakterlanadi. Detalning shakli haqida aniq bir fikrga kelish uchun geometrik jismlar va ularning o„zaro bog„lanishlari tog„risida aniq tasavvurga ega bolish kerak. Detalning ko„rinishlar chizmasini o„qish jarayonida unning ayrim geometrik jismlarga ajratib, ularning o„zaro bog„lanishlarini tekshirish natijasida detalning hajmi, qiyofasi ongimizda paydo bo„ladi. Chizmada barcha ko„rinishlarni tahlil qilish natijasida detalning fazoviy qiyofasi gavdalanadi. Detalning chizmada tasvirlangan ko„rinishlariga qarab uning yaqqol tasvirini ko„z oldiga keltirish chizmalarni o„qish deyiladi. Chizmani o„qishni oddiy geometrik jismlarning ko„rinishlaridan o„qishdan boshlanadi. Chizmalarni o„qish jarayonida ularni chizishni o„rganish mumkin. Misol. Parallelepipedning berilgan ikkita ko„rinishi berilgan. Unnig uchinchi (chapdan) ko„rinishi aniqlansin (5-chizma, a). 11 1. Parallelepipedning berilgan ikkita ko„rinishi ko„chirib chiziladi (5- chizma, b). 2. OX, OY,OZ o„qlari o„tkazib olinadi (5-chizma, c). 3. H dagi ko„rinishi konturlarini (OX ga parallel) OY gacha davom ettiriladi va O nuqta orqali sirkuda W dagi OY ga olib o„tiladi yoki 450 da chiziqlar chiziladi (5- chizma, c). 4. Parallelepipedning V dagi ko„rinishi kontur (OX ga parallel) chiziqlardan OZ ga perpendikular chiziqlar o„tkaziladi va OY dan OZ ga parallel qilib chizilgan chiziqlar bilan kesishtiriladi. Natijada bu chiziqlar o„zaro kesishishib, parallelepipedning chapdan ko„rinishini hosil qiladi. Ushbu misolni paralleleipedni H, V, W larga proyeksiyalash jarayoni bilan solishtiriladi. Shunda proyeksiyalash tartibi va chizmani o„qish usuli bilan tanishiladi. 5-chizma Xulosa qilinsa, jismning ikkita ko„rinishi bo„yicha uning uchinchi ko„rinishini aniqlashda to„g„ridan-to„g„ri V dagi ustki va ostki kon turlardan yordamchi chiziqlar o„tkazilib, H dagi qalinlik “T” o„lchab qo„yilishi bilan uchinchi ko„rinishni aniqlash mumkin ekan. Ushbu usulni mustahkamlash maqsadida kvadrat, uchburchak va aylana misolida quyidagi masalaga e‟tibor qaratiladi. 1.Kvadratning berilgan V dagi ko„rinishi ostida xuddi o„zidek kvadrat joylashtirilsa, u qanday jism bo„lishi mumkin? Buning uchun geometrik jismlarning qaysi biri V da ham H da ham bir xil kattalikdagi kvadrat orqali tasvirlanadi. Bu albatta kub bo„ladi. 12 2. Kvadratning berilgan V dagi ko„rinishi ostida uchburchak tasvirlangan bo„lsa, u qanday jism bo„lishi mumkin? U albatda prizma bo„lishi lozim. 3. Kvadratning V dagi berilgan ko„rinishi ostida aylana tasvirlangan bo„lsa, u haqiqatda ham silindr bo„la oladi. Demak, jismning bitta ko„rinishi orqali uning qanday jism ekanligini aniqlash maqsadida uning ikkinchi ko„rinishi berilgan bo„lishi lozim ekan. 4. Jismning berilgan V dagi ko„rinishi uchburchak bo„lib, uning ostiga kvadrat joylashtirilsa, u albatda prizma bo„lishi mumkin bo„ladi. 5. Jismning V dagi berilgan ko„rinishi uchburchak ostida diogonollari bor kvadrat tasvirlangan bo„lsa, u qanday jism bo„lishi mumkin? Javobi – piramida. 6. Jismning V dagi ko„rinishi uchburchak ostida aylana bo„lsa, u albatda konus bo„lishi mumkin. 7. Jismning V dagi ko„rinishi aylana bo„lib uning ostida uchburchak tasvirlangan bo„lsa, u konus bo„la oladi. 8. Jismning V dagi ko„rinishi aylana bo„lib, uning ostida kvadrat berilgan bo„lsa, u albatda silindr hisoblanadi. 6-chizma 9. Jismning V dagi ko„rinishi aylana bo„lib uning ostida ham xuddi o„shanday aylana tasvirlangan bo„lsa, u jism shar (sfera)dir. Chizmada standart ruxsat etilgan tomonidan soddalashtirish va shartlilik qo„llanilib ba‟zi geometrik jismlarni bitta ko„rinishda tasvirlash mumkin. Masalan, silindr, konus, shar (sfera)lar (6-chizma). Bunday aylananish sirtlarning o„lcham sonlari oldiga diametr Ø belgisi, shar uchun “sfera” yozuvini kiritish orqali tasvirlash qabul qilingan. Ushbu belgilar yordamida aylanish sirtlaridan tashkil topgan detallarni ham bitta ko„rinishda tasvirlash mumkin (7-chizma). 13 Shu tartibda eng oddiy va sodda jismlarni ularning ko„rinishlari orqali o„qishni o„rganishga kirishilmoqda. Jismning V dagi tasvirini bosh yoki olddan, H dagisini ustdan va W dagi tasvirni chapdan yoki yondan ko„rinish deb yuritiladi. Bir nechta geometrik jismlardan mujassamlashgan (tuzilgan) buyumni model yoki detal deb atash mumkin. Chizmani o„qishni mukammal egallash maqsadida mashqlarni asta-sekin modelning elementlarini orttirib borish orqali erishish mumkin. 7-chizma 1-misol. 8-chizmada bir elementli jismning olddan va ustdan ko„rinishlari tasvirlangan. Uning chapdan ko„rinishi vositasida u qanday jism ekanligi anjiqlansin. 8-chizma a) H va V ga 45‟ burchakdagi to„g„ri chiziq kesmasi uni to„g„ri to„rtburchak shakl ekanligini isbotlaydi. (8-chizma, a) . b) katetlari o„zaro teng uchburhcak orqali uni yarimta kub ekanligidan dalolat beradi (8-chizma, b). c) olddan va ustdan ko„rinishlariga teng kvadrat yordamida u kub ekanligi aniqlanmoqda (8-chizma, c). 14 2-misol. 9-chizmada ikki elementli modelning olddan va ustdan ko„rinishlari berilgan. Uning yondan ko„rinishi orqali va qanday jism ekanligi aniqlansin. Uning chpdan ko„rinishlaridan ma‟lum bo„lishicha u olti xil ko„rinishda qismi qirilgan kub ekanligi ma‟lum bo„lmoqda (9-chizma, a, b, c, d. e, f). 9-chizma 10-chizma 3-misol. 10-chizmada olddan va ustdan ko„rinishlari kvadrat va ularning o„rtasida ikkitadan chiziq tasvirlangan. U qanday jism bo„lishi mumkin? Javob 10- chizma, a, b, c, d, e, f, m, n yordamida yaqqol ko„rinmoqda. Endi, jismninjg olddan va yon (chap) dan ko„rinishlari berilgan bo„lsa, uning qanday ko„rinishdagi model ekanligini aniqlashga o„tiladi. 1-misol. 11-chizmada o„zaro teng kvadrat o„rtasida chiziq bilan olddan va chapdan ko„rinishlarda berilgan. Uning turli ko„rinishdagi modellar ekanligi yechimi 11-chizma, a, b, c, d, e, f lar orqali aniqlanmoqda (yana boshqa ko„rinishlarda ham bo„lishi mumkin). 15 2-misol. 12-chizmada jismning olddan,ustdan va chapdan ko„rinishlari berilgan. Uning qanday jism ekanligini yaqqol tasvirini bajarish orqali aniqlansin. Yechish. Kubning yaqqol tasvirini ingichka chiziqlarda chizib olinadi. Yaqqol tasvir frontal dimetriyada yoki izometriyada bajarilishi mumkin. Kubning uchlari 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 sonlar bilan belgilab chiqiladi. Har bir qirralarining o„rtalari aniqlanib, A, C, D, E kabi belgilab olinadi va ular o„zaro birlashtirib chiqiladi (12-chizma, a). Shu tartibda kubning qolgan qismlaridagi o„zgarishlar bajariladi hamda chizma tayyor qilinadi (12-chizma, b).3-misol. 13-chizmada modelning olddan, ustdan va chapdan ko„rinishlari berilgan. Uning qanday jism ekanligini yaqqol tasviri bajarish orqali aniqlansin. Yechish ikkinchi misol kabi bajariladi. 4-misol. 14-chizmada A va B uchburchakli prizmalardan tuzilgan modelning olddan va ustdan ko„rinishlari tasvirlangan. Uning qanday modelligi yaqqol tasviri orqali aniqlansin va chapdan ko„rinishi bajarilsin. Yechish. A prizmaning yaqqol tasviri chizib olinadi. B prizmaning ham yaqqol tasviri qo„shib chiziladi(14-chizma, b). Ikkala prizmaning ko„rinadigan va ko„rinmaydigan konturlari aniqlanadi va chizma taxt qilinadi. Yaqqol tasvir bo„yicha modelning chapdan ko„rinishi aniqlanadi(14-chizma, c). 5-misol. 15-chizmada o„zaro perpendikular joylashgan uchburchakli ikkita A va B prizmadan tuzilgan modelning olddan va chapdan ko„rinishlari berilgan. Uning qanday modelligini yaqqol tasviri bajarilib, ustdan ko„rinishi aniqlanib topilsin. Yechimi. 4-misoldagi kabi bajariladi. Detalning berilgan ko„rinishlariga qarab uning modelini yasashdan oldin oddiy qisqich (skrepka)dan bittasini olib (19-chizma, a) ichidagi qismini tashqarisidagi qismi bilan to„g„ri burchak (900 ) hosil bo„lguncha qayriladi. (19-chizma, b). shu vaziyatdagi olddan, ustdan va chapdan ko„rinishlarini chizib qisqich bilan solishtiriladi. Qisqichni shu holatda saqlab, tik (vertikal) vaziyatdagi qismining har bir uchi 19-chizma, c dagi kabi gorizontal holatga buklab keltiriladi. Shunda qisqichdan yana bitta ko„rinishdagi model yasalgan bo„ladi va ular o„zaro solishtirilib ko„riladi. Qisqichning ushbu ko„rinishini o„zgartirmasdan yana bitta model yasab ko„riladi (19-chizma, d). Bu yerda qiqich uchta ko„rinishagi modelga qanday aylantirilganligi bilan tanishib chiqiladi. Simdan model yasashni soddalashtirish va osonlantirish maqsadida oldin kubning modelini yasab olish tavsiya etiladi. Kubning qirralarini yasashda ular orqali ikkinchi bor sim o„tmasligi lozim, ya‟ni ikki qatorli simli qirraga yo„l qo„ymasligi kerak. Simdan yasalgan modelning ko„rinishlari bo„yicha uning yaqqol tasvirini chizishda eng oldin kubning yaqqol tasviri bajarib olinadi va ushbu yaqqol tasvirda kub yoqlarida va qirralarida sim qismlari tasvirlari izlab topiladi. Bu yerda kubning qirralarida sim qismlari ikki marta takrorlanmasligi lozim. Chizmalarni o„qishga o„rganishning yana bir usuli “Loyihalash” hisoblanadi. Loyihalashni konstruksiyalash ham deyish mumkin. Vazifani qo„yilishi va uning yechimi imkoniyatlari yagona bo„lmaydi, ya‟ni ko„p yechimli hisoblanadi. Loyihalashni o„rganish yo„lida turli ijodiy masalalarni yechish maqsad qilib olinishi lozim. Turli moslamalarni yasash yo„li bilan shug„ullanishga, qo„pol ishlangan ba‟zi buyumlarni chiroyli, o„ziga jalb etadigan darajada qayta ishlash uchun uning shakliga o„zgartirish kiritiladi. Detalga kiritilgan o„zgarishni chizma orqali amalga oshirish chizmani qayta ijodiy loyihalashaga kiradi. Detal shaklini fikran o„zgartirish, uning qayta ijodiy loyihalangan holatini tasavvur qilish fikrlashjarayonining qo„zg„aluvchanligini o„stiradi. Chizmani ijodiy loyihalash elementlarini kiritish yo„li bilan turli muammolarni yechish mumkin bo„ladi. 1-misol. 23-chizma, a da detalning yaqqol tasviri berilgan. Uning ko„rinishlari 23-chizma, b da ko„rsatilgan. Detalning A chiqig„i xuddi shunday o„lcham va shakldagi chuqurcha (ariqcha,paz) ga B qismining hisobiga alamshtirilsin. Javobi 23- chizma, c da ko„rsatilgan. 2-misol.24-chizma, a da detalning olddan va ustdan ko„rinishlari tasvirlangan. Undagi silindrik chiqiq A huddi shunday o„lchamdagi silindrik chuqurchaga, B ariqcha esa xuddi o„shanday o„lcham va shakldagi chiqiqqa almashtrilib tasvirlanganligi 24-chizma, b da ko„rsatilgan. Detalning geometrik shakli belgilangan razmetka (nuqtali chiziq) bo„yicha o„zgartirilishi lozim. Uning o„zgartirilgan ko„rinishi 25-chizma, b da ko„rsatilgan.
Birinchi teshikning yuqori qismida ariqchasimon o„yiq bor. Kubning yaqqol tasvirida unga mos ariqchaning razmetka chizig„I belgilanadi. Ikkinchi teshik kvadratligicha tasvirlangan bo„lib kub silliq o„tib ketadi. Uchinchi teshikning pastki qismida katetlari o„zaro teng to„g„ri burhcakli chiqig„i bor bo„lib, kubning pastki qismida unga mos tarnov razmetka chizig„i belgilab chiqiladi (26-chizma, b). Endi, kubni ko„rsatilgan razmetka chiziqlari bo„yicha ortiqcha joylari olib tashlansa, ushbu uchta teshikdan silliq o„tadigan kub loyihalangan hisoblanadi (26-chizma, c). O„qituvchi-pеdagoglarning umumta‟lim, xususiy fanlar asoslarini o„qitishga yo„naltirilgan mashg„ulotlar jarayonini noan‟anaviy shakllarda tashkil etish, ta‟lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko„nikmalariga ega bo„lish ta‟lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o„zlashtirilishi, ularda amaliy ko„nikma va malakalarning hosil bo„lishining kafolati bo„la oladi. Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muxim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o„quvchilarga yеtkazib bеrish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdеk, ta‟lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko„nikma hamda malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pеdagogik mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Kеyingi yillarda ta‟lim mazmuni boyitish yo„lida rivojlantiruvchi ta‟limning bir qator ishonchli intеrfaol mеtod va yo„llari izlanmoqda. Bu izlanish asosan uchta yo„nalishda – muammoli, programmalashtirilgan va tabaqalashtirilgan ta‟limda olib borilmoqda. Ayniqsa, maktab tajribasida ta‟limga muammoli yondashish kеng tarqalmoqda. Ta‟limdagi samarador o„qitish tеxnologiyasi – bu muammoli o„qitishdir. Muammoli o„qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos kеladi. Muammoli o„qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o„qitishning rеproduktiv shakllariga nisbatan tobora o„sib boradi. 26 Bugungi pеdagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o„qitishning turli ta‟rif va tavsiflari bor. Nisbatan to„liq va aniq ta‟rif M.I. Maxmutova tomonidan bеrilgan bo„lib, unda muammoli o„qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan o„rgatish va dars bеrish usullarini qo„llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining tizimi sifatida izoqlanadi. Muammoli o„qitishning mohiyatini o„qituvchi tomonidan talabalarning o„quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga kеltirish va o„quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o„zlashtirish bo„yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o„zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga kеltiradi. O„qitishning hozirgi jarayoni tahliliga ko„ra hamda psixolog va pеdagoglarning fikricha muammoli vaziyat kutilmagan hayrat va mahliyo bo„lishdan boshlanadi, dеgan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko„rsatadi. O„qitish sharoitida insonning o„sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o„ziga xos turtki vazifasini o„taydi. Bu bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat nеgizida avval o„zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kеlgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Muammoli vaziyatning mohiyati – talaba tanish bo„lgan ma‟lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o„rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o„zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning bеlgilari quyidagilar: - talabaga notanish faktning mavjud bo„lishi; - vazifalarni bajarish uchun talabaga bеriladigan ko„rsatmalar, yuzaga kеlgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma‟lum (bеrilgan vazifa asosida), noma‟lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib kеladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Bular noma‟lumni topishga yo„nalgan qidiruv ishlarini 27 amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma‟lum bo„lgan o„quv muammosi vazifasi bеlgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma‟lum bo„ladi, lеkin talabalar o„zlaridagi avval egallangan bilim va ko„nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yеchilish yo„lini izlashga tushadi. Bundan tashqari talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o„quv muammosi bo„la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yеchilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham u o„quv muammosi bo„la olmaydi. O„quv muammosining muxim bеlgilari quyidagilar: - yangi bilimlarni shakllantirishga olib kеladigan noma‟lumning qo„yilishi; - talabalarda noma‟lumni topish yo„lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan muayyan bilim zahirasining bo„lishi. Muammoli o„qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo„lgan ijobiy munosabatni vujudga kеltirish hisoblanadi. Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxеmalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat – o„quv muammosi – o„quv muammosini yеchish uchun izlanish – muammoning yеchilishi. Muammoli o„qitish mashg„ulotlarini tashkil etish va o„tkazishda o„qituvchi uning ham ta‟limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo„lishi talab qilinadi. O„qituvchi hеch qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yеchimni) bеrishi kеrak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki bеrishi, mashg„ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo„lgan axborot, voqеa, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam bеrishi lozim bo„ladi. Muammoli o„qitishda o„qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intеllеktual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo„lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Muammoli o„qitishni tashkil etishning birinchi sharti o„quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir. 28 Muammoli o„qitishning ikkinchi shartida muammoli o„qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o„quv vazifasiga o„tkazilishi vaqtida uni yеchish usulini tanlash imkoniyati ko„zda tutiladi. Muammoli o„qitishning uchinchi sharti ta‟lim oluvchining sub‟еktiv mavqеi, ularning bilish maqsadlarini anglab yеtishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish va natijani qo„lga kiritish uchun o„zlarining ixtiyorida bo„lgan vositalarni baholay bilishidir. Muammoli o„qitishda talaba qo„yilgan muammo yechimini aniqlash jarayoniga albatta ijodiy yondashadi. Ijodiy mеtod ta‟lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to„la amalga oshiradi. Unda talaba o„qituvchining bеrgan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o„zlari ham o„quv muammosini shakllantiradi, o„zlari mustaqil gipotеzani yеchishga harakat qiladilar, izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga erishadilar. Ijodiy mеtod ta‟lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi. Talabalarning ijodiy ishlari shakliy jiqatdan rang-barangdir. Ular ma‟ruza matnini tayyorlash va amaliy mashg„ulotga tayyorgarlik ko„rish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivda o„rganish) o„rganish, ko„rgazmali qurollar, didaktik matеriallar tayyorlash va boshqalardir. Ijodiy mеtod murakkab muammoni bo„laklarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo„llanadi va unda hal qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning kеyingi bosqichini yеchishda asos bo„lib xizmat qiladi. Bunda talabalar o„quv mummosining qo„yilishida, gipotеzani taxmin qilish va isbotlashda faol qatnashadilar. Ularning faoliyati rеproduktiv va ijodiy unsurlarini o„zida qamrab oladi. Pеdagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: birinchi sathda o„qituvchi o„zi muammoni qo„yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yеchilish yo„lini qidirishga yo„naltiradi. Ikkinchi sathda o„qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga kеltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yеchadilar. 29 Uchinchi sath – oliy sath bo„lib, unda o„qituvchi shunday qoidani ko„zda tutadi: muayyan muammoni ko„rsatib bеrmaydi, balki unga talabalarni «ro„baro„» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo„naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yеchilish usullarini tadqiq qiladilar. Muammoli savollar tizimini ishlab chiqishda talabalarni o„ylashga majbur qilish hamda ularning javoblari ehtimoli nazarda tutiladi. Shu bilan bog„liq ravishda mashqulot ssеnariysi mashg„ulotning biror (ehtimol ko„rilgan) variantini aks ettirishi lozim bo„ladi, uning rеalligi esa o„qituvchining talabalardagi boshlang„ich fikrlash qobiliyati darajasi haqidagi qay darajada bilimga ega bo„lishiga bog„liq. Shu bilan birga, hatto yaxshi ishlab chiqilgan ssеnariy bo„lsada, darsning borishida avval o„ylangan rеjadan chеtga chiqishlar bo„ladi, chunki talabalarning individual xislatlari, bilimlarining darajasi va kеngligi har xil bo„ladi, shu tufayli o„qituvchi darsni samarali o„tkazishi uchun mavzuga muvofiq matеrial mazmunini o„zi yuksak darajada egallagan bo„lishi shart. O„qituvchi muammoni yеchish usullarini izlashni tashkil etishga o„tar ekan, avvalo birinchi muammoni ifoda qiladi, so„ng muammoli savollarni qo„yadi va javoblarni muhokama qilib, talabalarning bu muammoni yеchish usulini izlashga, ya‟ni birinchi oraliq xulosani qidirishga undaydi. So„ngra shu tahlitda yaxlitligicha muammoni yеchish va xotima xulosalarni ifodalash bilan tugallanishi lozim bo„lgan kеyingi muammolarning yеchilish usulini izlashni tashkil etadi. Muammoli ta‟lim texnologiyasidan nafaqat oily ta‟lim, balki umumta‟lim maktablarida o„quvchilarni o„qitishda ham foydalanilmoqda. Ta‟limga muammoli yondashish ta‟lim jarayonida yеtakchi o„rinlardan birini egallab, davr talabiga xos mazmun kasb etmoqda. Muammoli ta‟limning zamonaviyligi uning maktab vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishdagi bir qator ustunliklari bilan xaraktеrlanadi. 30 Pеdagogikada boshqarish g„oyasi programmalashtirilgan ta‟limda o„z aksini topdi, ammo bir qator tadqiqotlarda tasdiqlashicha, ayni muammoli ta‟lim o„quvchilarning bilish faoliyatini oqilona boshqarishning asosini tashkil etadi. Muammoli ta‟limda hozirgi zamon bo„lajak mutaxassisining shaxsiy sifati uchun zarur bo„lgan – bilishga qiziqish, ijodiy faollik va muloqat kabi sifatlarni shakllantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi. Shu o„rinda qisqacha to„xtalib o„tish lozimki, muloqat taktikasi muammoli ta‟lim nеgizini tashkil etadi. Muloqatning asoslangan vеrbal va novеrbal shakllari bo„lib, vеrbal muloqot so„z yordamida o„zaro munosabatga kirishishni anglash, novеrbal muloqot so„zdan boshqa vositalar, imo-ishora, mimika, tana a‟zolari harakati, intonatsiya, tеmbr, urg„u va boshqalar yordamida axborot va his-tuyg„u almashish, shuningdеk, ta‟sir o„tkazishni anglatadi. Olimlarning hisob-kitobiga ko„ra, odamlar axborot va his- tuyg„uning taxminan uchdan bir qismini so„z yordamida, uchdan ikki qismini novеrbal vositalar yordamida olishadi. Shuni nazarda tutib tinglovchilarga ta‟sir o„tkazishda novеrbal vositalardan o„rinli va samarali foydalanishga o„rganish zarur. Muloqatning samarali bo„lishiga erishishda inson psixikasi uch asosiy qatlamdan iborat ekani va yuqori samaraga erishish uchun har uchala qatlamga ta‟sir o„tkazish zarurligini unutmaslik kеrak. Bu qatlamlar quyidagilar: a) ong; b) ong osti (podsoznaniе); v) motorika. Bu qatlamlarning har biriga alohida ta‟sir o„tkazilganda ham natijaga erishishi mumkin, lеkin bu natija yuqori bo„lmaydi. Yuqori natijaga faqat har uch qatlamga bir paytda ta‟sir o„tkazgandagina erishish mumkin. Dеmak, o„qituvchi o„quvchilarga yangi bilim va axborotlarni yеtkazish, ko„nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida, ya‟ni muammoli ta‟lim muxitini yaratishda muloqatning ham katta ahamiyatini hisobga olmog„i lozim. Ijodiy qobiliyat insonning faqatgina tug„ma xislati bo„libgina qolmay, uning shakllanishi va rivojlanishi mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarga bog„liqdir. 31 Psixolog olimlarning ta‟kidlashicha, aqliy qobiliyatni faqat fikr yuritish jarayonida rivojlantirish mumkin. Rivojlanish o„quvchidan boshqalar o„ylab topgan haqiqatdan shunchaki andaza olish yoki uni o„zlashtirishgina emas, balki izlanish xususiyatidan mustaqil fikrlash faoliyatini talab qiladi. Dеmak, rivojlanish o„quvchining mustaqil faol mеhnatining samarasiga boqliq. Ma‟lumki, yangi bilimlar, qoidalar va qonunlarni o„zlashtirish, asosan ikki usul bilan olib boriladi. Birinchi usul – zarur bo„lgan bilimlar hajmini qisqa vaqt ichida egallash imkonini bеradi (rеproduktiv usul). Ikkinchisi usul – eng samarali usul bo„lib, o„quvchining aqliy rivojlanishiga katta yordam bеradi (produktiv usul), ammo buning uchun ko„proq vaqt talab qilinadi. Ijodiy xususiyatdagi bu usul o„quvchilarda mustaxkam chuqur bilim, o„qishga bo„lgan jiddiy munosabat, mustaqil ijod qilish ko„nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insonning har qanday faoliyati, xususan, aqliy faoliyati psixologik tayyorgarliksiz samarali bo„lmaydi. Buning uchun darsda o„quvchilarni aqliy faoliyatga tayyorlashda ularda qiziqish, havas va ishtiyoq, istak kabi ruhiy holatlar yaratish lozim. Bularni amalga oshiradigan juda ko„p vositalar, usul va uslublar mavjud bo„lib, bunda o„quvchilarni aqliy mеhnatga tayyorlashning mеtodik sistеmalaridan biri bo„lgan muammoli ta‟limning ahamiyati kattadir. Ko„pgina muammoli vaziyat amaliy mashq bajarish yoki tеgishli masala yеchishda vujudga kеladi. Muammoli ta‟lim, yangi bilim va ma‟lumotlar, misol va masalalar, ta‟limiy tеstlar sistеmasidan iborat bo„lib, ularni hal qilish jarayonida o„quvchilarning bilish faoliyati shakllana boradi. Muammoli ta‟lim so„z bilan ko„rgazmaning qo„shilishidan tarkib topgan mеtodik sistеma hamdir. Muammoli vaziyat yaratish, muammoni qo„yish, uni bosqichlarga bo„lib hal etish, gipotеza qo„yish, uni isbotlash, tеkshirib ko„rish – bular hammasi muammoli ta‟limga xos bo„lgan boshqarish elеmеntlaridir. 32 O„quv muammolarini mustaqil yеchish bo„yicha o„quvchilarning faoliyatini boshqarishda muammoli vaziyat zanjirini tuzish, muammoli ta‟lim jarayonining asl mohiyatidir. Muammoli darsning mazmuni izlanuvchan faoliyatga xos bo„lgan bilish harakatining tarkibiga bo„ysunadi. Muammoli vaziyat bilimlarning o„zlashtirish jarayonining turli bo„g„inlariga qo„shilib, sistеmali izlanish faoliyatini kеltirishni ta‟minlaydi. Shuning uchun ham muammoli ta‟limda zamonaviy o„qitish prinsiplari va o„quvchilar bilish kuchining rivojlanishi to„laroq oshiriladi. Bunday sistеmaning o„rni ayrim darslarni tashkil etishda o„quv mavzularida yoki o„quv jarayonida boshqa usullar bilan uyg„unlashgan holda bo„lishi mumkin. Chizmachilik darslarida o„quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish o„qituvchi uchun murakkab bo„lgan vazifalaridan biridir. Kuzatishlarning ko„rsatishicha ko„pincha chizmachilik darslarida tashabbus faqat o„qituvchining tomonida bo„ladi: o„qituvchining o„zi darsning maqsadini qo„yadi, o„zi uni yеchish yo„lini ko„rsatib bеradi. Bunday ta‟lim sharoitida o„quvchilarning mustaqil, mantiqiy fikrlashlari uchun imkoniyat yaratilmaydi, ijodiy fikrlashga o„rin qolmaydi, tashabbus talab etilmaydi. O„quvchining faoliyati chеklanib qoladi. O„z-o„zidan ayonki bunday faoliyat kutilayotgan natijani bеrmaydi. Muammoli ta‟lim sistеmasidagi kеtma-kеtlik jarayonlari va yo„nalishlarning tanlanishi o„quvchilarning mustaqil, erkin faoliyatini yaratadi. Bu faoliyatga erishishda o„qituvchidan katta ilmiy salohiyat va tajriba talab etiladi. Chizmachilik fanining o„ziga xos xususiyatlari shundaki bu fanning o„qitilishida turlicha yondoshuvning imkoni ko„pligidir. O„quvchilarning fazoviy tasavvurini ya‟ni, xotira va tasavvur hayolini va grafik tafakkurini rivojlantirish butun kursning asosiy o„zagini tashkil qiladi. Davlat standartlari (DSt.) talablari va qoidalari, gеomеtrik yasashlar, parallel proyеksiyalar, aksonomеtrik proyеksiyalar, tеxnik rasm, ko„rinishlar, eskizlar, birikmalar, yig„ish chizmalar, uzatmalar, sxеmalar va qurilish chizmalari, son belgili 33 proyeksiyalar haqida umumiy ma‟lumotlar bеrish – mavzularini o„tishda yangi bilim va materiallar yo„nalishi orqali muammo barcha uchun bab-baravar tashlanadi. O„qitishda muammoli vaziyat yaratish usullari. Muammoli ta‟lim majmuasining asosiy tushunchalari bo„lib, “muammoli vaziyat”, “muammo” va “muammoli masala” hisoblanadi. Muammoli vaziyat o„quvchi (talaba)ning yangi bilim, yangi usullar, yangi zamonaviy texnologiyalar va harakatlarni ijodiy izlanishdagi ongli qiynalishidir. Agar o„quvchi (talaba)da qiyinchilikni yengib o„tish uchun ijodiy izlanishida boshlang„ich ma‟lumotlar berilmasa, u haqida fikrlashga ozuqa bo„lmaydi. Demak, o„quvchi uni yechish uchun qabul qilmaydi. O„quvchining fikrlashi muammoni tasvirlashdan va uni aniglashdan boshlanadi. Endi, bunday holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Muammo – yechim yo„nalishini ko„rsatmaydi, uni cheklamaydi ham. Yechim uchun qaysidir parametrlari ko„rsatilgan muammo muammoli masala bo„ladi. Dars jarayonida o„quvchi (talaba)ning o„tilayotgan mavzuni fikrlashi faoliyatida mantiqiy to„g„ri, ilmiy hulosalarni izlash va o„zlashtirishga harakatlantiradigan muammoli vaziyatlar paydo bo„ladi. Muammoli vaziyatlar tabiiy hosil bo„lishi yoki sun‟iy yaratilishi mumkin. Masalan, geometrik yasashlarda aylanani teng olti qismga bo„lib, muntazam oltiburchak yasalganda, oltiburchak tomonlarining ba‟zilari kichikroq yoki kattaroq hosil bo„lib qolishi mumkin. Nima sababdan shunday bo„ldi ekan. Shunda tabiiy muammo kelib chiqadi. Bu muammoning sababini izlash orqali uni bartaraf qilishga to„g„ri keladi. Buning uchun qayerda xatoga yo„l qo„yildi va bunga sabab nima degan savolga javob toppish lozim bo„ladi. Izlanishlar natijasida aylananing markaziy chiziqlari o„zaro perpendikular emasligi aniqlanadi. Qayta chizilganda natija to„g„ri chiqadi. Yana bir misol. O„quvchi (talaba)lar kesim mavzusi bo„yicha mustaqil mashg„ulot bajarayotganlarida ularning ba‟zilari standartga javob bermaydigan muammolar keltirib chiqarishadi. Ularning bu grafik ishlaridagi muammolarni 34 ko„rish mumkin (32-chizma). Bajarilgan kesimlar tahlil qilingandan keyin quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Yüklə 35,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin