Mavzu:Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari
Rеja:
1. Pеdagogik mahorat kursining prеdmеti, maqsad va vazifalari
2. Pеdagogik mahorat tushunchasi.
3. Pеdagogik mahoratning tuzilishi.
4. Pеdagogikning faoliyat va mahorati.
Bugungi kunda olimlar, mudarrislar oldida turgan asosiy vazifalardan biri-
xalqqa, ayniqsa yoshlarga milliy qadriyatlarimizni yaxshiroq tushuntirish, ularga
rioya qilish hurmatlari ruhida tarbiyalashdir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bizni odobli, mehnatsevar, to`g`riso`z, halol,
insofli, diyonatli, yaqinlariga mehr-muhabbatli kishilar qilib tarbiyalashgan.
Xalq udumlarida, undan kelib chiqadigan odobnomada har qanday bolaning
yoshligidanoq el-yurt manfaati yo`lida kurashuvchi, kishilar baxt-saodatni
o`ylovchi, avlodlarning ushalmay qolgan orzu-armonlarini amalga oshiruvchi
kishilar bo`lib kamol topishi lozimligi alohida ta`kidlanadi.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalaridan biri- yuqori
malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Respublikamizda taraqqiyot va
o`zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tamonlama kamol topishi davr
talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz mahnaviy baquvvat, bilimli, o`z mustaqil
Vatanimizda faxrlanish tuyg`usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa
ta`lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko`lamli muammolardan biridir. Xalq
ta`limi tizimida hal qiluvchi inson – o`qituvchidir. Agar o`qituvchi ijodkor va
izlanuvchan bo`lsa, o`quvchi bilim darajasi ham baland bo`ladi.
O`qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan
ta`lim mazmunini egallagan bo`lishlari kerak. Pedagog xodimlar o`zlarini kasb
ko`nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart»,
- deb ta`kidlanadi. «Ta`lim to`g`risidagi» qonunda.
O`qituvchi kasbining nozikligi, mashuliyatiligi va murakkabligi hamda
sharafli ekanligi to`g`risida mulohazalar. Muallimning mahorati, ularga
qo`yiladigan talablar, fazilatlariga oid qasharlar, munosabatga kirishish mahorati,
muomala madaniyati SHarq mutafakkirlarining asarlarida ifodasini topgan. SHarq
mahnaviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg`onish davrida juda
rivojlangan bo`lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy. Al-Xorazmiy,
abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy,
Alisher Navoiy va boshqa ko`plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur
taraqqiyotida yosh murabbiylarning mahnaviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa
bo`lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Farobiy (873-950) muallimning
ijtimoiy hayotida tutgan o`rni va uning xos xususiyatlari to`g`rsida ibratli
g`oyalarni ilgari surgan.
«O`qituvchi, - deydi Farobiy, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo`lishi va
o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan fikrlarni to`la va aniq ifodalay olishni bilmog`i
zarur. SHu bilan birga o`z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo`lishi lozim. Ana
shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo`ladi va baxt cho`qqisiga
erishadi», deb ta`kidlaydi. Mutafakkir Farobiy o`qituvchi shaxsiga xos qator
fazilatlarga xolisona, odimona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk
zoddir. SHuning uchun mazkur sharzlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli
mulohazalar ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn
Sino (980-1037) ning fikricha. « . . . .O`qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo`y
va bola tarbiyalash uslublarini axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo`lmog`i
lozim. O`qituvchi o`kuvchining butun ichki va tashqi dunyosini o`rganib, uning
aql qatlamlariga kira olmog`i lozim».
Abu Ali ibn Sino mulohazasinga ko`ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi
ko`rish, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo`lishi shart. Agar bola ishni
yaxshi bajarsa, uni o`z vaqtida rag`batlantirish, gohida maqtab qo`yish, aksincha
bo`lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekni dedi Ibn Sino, tanbeh izzat-nafsiga
tegadigan bo`lmasligi lozim, o`quvchiga murosassozlik qilish esa bolaning
o`zboshimcha bo`lib qolishga olib boradi», - deydiibn Sino.
Nasriddin Tusiy o`zining «O`qituvchilarni tarbiyalash to`g`risida» degan
asarida shunday deydi: «O`qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib
bo`lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o`z fikrlarining to`g`riligiga
ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo`lishi
lozim . . » O`qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo`pol va
qattiq bo`lishi mumkin emas. Dars paytida o`qtuvchi o`zini tuta olmasligi ishini
buzishi mumkin.
Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o`z asarlarida bola dunyoqarashining
kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga
qarganda, muallim aqlli, adolatli, o`zida barcha yuksak fazilatlarni
mujassamlashtirgan bo`lishi kerak. o`zini nomunosib tutgan odam hech vaqt
bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
«Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,
nodonlikdan qora bo`lurdi jahon», - deb xitob qiladi u «Iskandar Xirodnamasi»
asarida. O`zbek adabiyotini dahosi A.Navoiy o`z asarlari va ilmiy qarashlarida
o`qituvchilik qobiliyati va uning obro`si, odobi yuzasidan mulohazalar yuritgan.
Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir faoliyatni tasavvur qala olmaydi. Ana shu
boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklik, irodaviy kuch, poklik, samimiylik
xislatlari asosiy o`rinni egallaydi.
O`qituvchining har jihatdan ibrat va namunaga ega bo`lishlari ta`lim va
tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O`qituvchining kasb mahoratini
tarbiyalashning mohiyati to`g`risidagi mulohazalar «Qobusnoma»,
«Xotomnoma», «Qutadg`u bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan.
CHunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o`zginasi bo`lganligi
sababli tarbiyachi-murabbiyning o`ziga xos xislatlarini shakllanishi bosqichlari
ifodalab berilgan.
XVIII-XIX asrda davom etgan Turkistondagi jadidlar harakatining
asoschilaridan biri, buyuk mahrifatparvar o`qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla
Avloniy ta`lim tizimi, o`qitishni takomillashtirib, o`qituvchilar malakasini
oshirish, bo`lg`usi o`qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha
yondashgan omildir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o`qish va o`qitishning yangi
shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o`qituvchining eng muhim sifatlaridan
biridir deb ta`kidlaydi.
Shunday qilib, O`rta Osiyo mutafakkirlari va o`zbek mahrifatparvarlari
o`qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkuriga aql-zakovatga, chiroyli nutqqa ega
bo`lishi, ko`zlagan maqsadni amalga oshirish yo`lida jonbozlik, qathiyatlik
ko`rsatish, o`quvchilarning ruhiy dunyosiga to`g`ri yo`l topa olish, ularga tahsir
o`tkazish imkoniyati, vijdonlilik, samimiylik, odobli, nazokatli ishchan, mashul
shaxs sifatida faoliyat ko`rsatishi zarur ekanligini o`z asarlarida ta`kidlab
o`tadilar.
O`qituvchi va uning professional sifatlari orasidagi muammolar chet ellik
olimlar S.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalotstsi, A.Disterverg kabilarning
asarlarida o`z ifodasini topdi. Jumladan, ulug` chex olimi, pedagog
Ya.A.Komenskiy o`qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani sevishi,
yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning
mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Ushbu masalaga sal boshqacharoq yondoshgan IG.Pestalotstsi
o`qituvchining professional sifatlariga baho berishidan umuman chetlashib, uning
xalq ta`limi tarmog`ini takomillashtirishdagi roli.
ahamiyati va vazifalariga to`xtalib o`tadi.
A.Disterverg o`qituvchining ta`limdagi roliga baho berib, u o`z faoliyatini
bilishi, uni sevishi, o`quvchilarini yoqtirishi deb uqtiradi, o`qituvchi bolalarning
individual xususiyatlarga qobiliyati, faoliyati uslubi to`g`risida muayyan darajada
bilimga ega bo`lish kerakligini ham ta`kidlab o`tadi.
Mutafakkir Djon Lokk o`qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlari
orasiga mo``tadillik, g`ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarini kiritib,
ularning ta`limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G`arb mutafakkirlari g`oyalarining vorislari sifatida A.I.Gertsen,
L.N.Tolstoy, I.G. CHerkishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur
muammolarga o`z mulohzalarini bildirganlar.
A.I.Gertsen mulohazasiga ko`ra, o`qituvchining asosiy xislati – bu uning
bolalar bilan munosabatda bo`layotganligi sezishda bolalar ruhiy dunyosini
tushuncha olishda, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday
istehdodga erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak.
O`qituvchi kasbiga oid ilmiy, tajribalarda sinalgan mulohazalar rus
pedagogi K.D.Ushinskiy ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining roli va
shaxsiga yuqori baho berib, hech bir ustav yoki programma, hamda sunhiy
organizm puxta ishlab chiqarilganiga qaramay, inson shaxsining o`rnini bosa
olmaydi deb hisoblaydi. Insonining xarakteri va his-tuyg`ulari, uning o`quvchilar
bilan muloqotga kirishish usuli, o`qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy
xislatlarining shaxsiga xos muhim fazilatlar bo`lib hisoblanib, muallimning
tarbiyaviy kuchini belgilaydi va ijtimoiy qimmatiga ega bo`lgan, barkamol bola
shaxsini tarkib toptiradi. K.D.Ushinskiy ta`kidlashicha, pedagogik faoliyatning
muhim tarkibiy qismi pedagogik-psixologik odob hisoblanadi. Uning fikricha
psixologik odob hayotimizning barcha jabhalarida g`oyatda keng qo`llaniladi,
shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining
o`zi ham bo`lmagan bo`lar edi, deydi. Shunday qilib, chet el mutafakkirlari o`z asarlarida o`qituvchining qator
muhim fazilatlari mavjud bo`lishini bayon qilganlar. Bularning qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: o`qituvchining har tomonlama barkamol
bo`lishish, o`zining yuksak xislatlari va his tuyg`ulari bilan boshqa kasbdagi
kishilardan ajralib turishi, davrlarni o`zlashtirshda orqada qolganlar bilan
individual ishlash. o`quvchilar diqqatini o`ziga torta olish sehri, mustaqil ishlash
va o`z mahoratini, malakasini oshirish. Pedagogik qobiliyat va odobga ega bo`lish
kabilar. SHuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, sharq va g`arb mutafakkirlari
tomonidan tahlil qilingan ko`pgina o`qituvchi kasbi haqidagi mulohzalari to
hozirgi ajdodlar g`oyasini takomillashtirish evaziga ta`limni yuksak bosqichga
ko`tarish mumkindir.
Jonajon Vatanimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan buyon siyosiy,
ijtimoiy iqtisodiy sohalarda tub buzilishlar bo`layapdi. Jumladan, ta`lim-tarbiya
sohasida ham, Davlatimizning «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» va boshqa mehyoriy hujjatlar talab va ko`rsatmalari asosida
umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarda barcha fanlar
Rajabov S. Pedagogika fanining allomalari. T., 1991 y.
bo`yicha davlat ta`lim standartlari ishlab chiqildi va amalda qo`llanilayapdi.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malaklari reyting tizimi orqali nazorat
qilinayapdi, har bir o`qituvchi ixtisosligi qanaqa bo`lishligidan qattiy nazar
o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari talab qilingan standart asosida
shakllanishi uchun yangi pedagogik texnologiya elementlarini ta`lim jarayoni
Xulosa
Men o`qigan asarlarim va ustida ish olib borgan ushbu Bitiruv Malakaviy
Ishim mavzusi yuzasidan xulosa qilar ekanman, so`zlarimni muxtaram
yurtboshimizning “Bolani hunarsiz qoldirish jinoyat” degan so`zlari bilan
boshlamoqchiman.
Men bu serma`no so`zlarni quydagicha kengaytirib tushundim, ya`ni
“Bolani hunarsiz va ilmsiz qoldirish jinoyatdir”
Yuqoridagi so`zlar birinchi navbatta bolaga ta`lim - tarbiya beruvchi
o`qituvchilarni nazarda tutadi. Chunki yosh avlodni qanday bo`lishi ko`proq
ustozlar zimmasidagi ma`suliyatli vazifani nechog`lik o`rinlantirishga bog`liqdir.
Xususan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini” ro`yobga chiqarishning
ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillar)da ushbu muammoni to`la yechishga alohida
e`tibor qaratilib “ta`lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini
davom ettirish o`quv jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or
pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash”ni nazarda tutilganligi buning yaqqol
ifodasidir.
Lekin men shunday o`yladimki, XX asr boshidagi Germaniya va o`tgan
asr 30-yillarda yurtimizda faoliyat ko`rsatgan o`qituvchilar hozirgi zamon
o`qituvchilarga qaraganda martabaliroq bo`lgan deb tushundim. Bilmadim, balki
o`qituvchilar soni juda oz bo`lgani uchundir, balki aholini juda katta qismi
savodsiz bo`lganligidandir.
To`g`ri, bugun o`qituvchilar soni juda ko`plarini tashkil qiladi.
Ammo hamma diplomlilarni ham ustoz deyaverilmaydi. Ustoz degan ulug`
nomga sazovor bo`lish uchun esa albatta yaxshi bilimga ega bo`lishi, o`sha
bilimlarni boshqalarga ham to`liq bera olishi, har tomonlama o`zgalarga
o`rnak bo`la olishi zarur. Shundagina u jamiyatda o`z o`rniga ega bo`la
oladi, hurmat – e`tibor qozonadi.
Hozirgi yoshlar yaxshi o`qituvchi tanlaydi. Agar yoqmasa ular
o`qituvchini almashtirish imkoniyatiga ega. Chunki bular XXI asr yoshlari.
Ular juda aqilli, izlanuvchan, talabchan, ziyrak yoshlar. Shu yoshlarga mos
o`qituvchi bo`lish esa bizdan. Men ham vatan uchun xizmat qiladigan, o`z
yoshlarimizni bundanda barkamol, komil inson bo`lib yetishishiga sidqi-
dildan xissa qo`shadigan o`qituvchi bo`lishga va`da beraman.
Dostları ilə paylaş: |