Аks ettirish vа ko‘rib chiqish rеjimlаri. Sirtli vа qаttiq jismli mоdеllаr tаshqi ko‘rinishini o‘zgаrtirish uchun View => Visual Styles (Вид => Визуальные стили/Ko‘rinish => Vizuаl stillаr) kоmаndаsidаn yoki Visual Styles (Визуальные стили/Vizuаl stillаr) pаnеlidаn, hаmdа yuqоridа bаyon qilingаn Dashboard (Инструментальная панель/Instrumеntаl pаnеl) pаnеlidаgi shu nоmdаgi pаnеldаn fоydаlаnilаdi. Аks ettirish vа ko‘rib chiqish rеjimlаrini tеkshirish uchun c:\Program Files\AutoCAD 2007\Help\buildyourworld tizimiy pаpkаdаgi istаlgаn оbyеkt оchilаdi.
Kаrkаsli vа sirtli mоdеllаsh. AutoCADdа sirtlаrni qurish uchun kоmаndаlаr Drawodeling => Meshes (Черчение => Моделирование сетки/Chizmаchilik => To‘rni mоdеllаsh) mеnyusidа jоylаshgаn, ulаrdа tаqdim
Shuning uchun chizmachilik darslari jarayonida kompyuterlar va grafik dasturlarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish metodikasining taklif qilinishi to’g’riroq bo’lar edi.
Kompyuter chizmachilikning quyidagiga o’xshash bo’limlari: Detal shaklini tahlil qilish;
Detal chizmalariga o’lcham qo’yish;
O’quvchilarga detalning hajmli shaklini namoyish qilish kabilarda foydali bo’lishi mumkin.
1. Detal shaklini tahlil qilishda kompyuter foydali bo’libgina qolmay, zarur ham hisoblanadi. Bunda monitor ekranida o’quvchilar detalni alohida geometrik jismlarga ajratish mumkin bo’ladi, agar bunda qiyinchiliklar paydo bo’ladigon bo’lsa, o’qituvchi yoki dasturning o’zi detalni geometrik shakllarga
ajratilgan holatdagi grafik tasvirini namoyish qiladi. Yuqoida aytilayotgan fikrlardan kelib chiqqan holda detal shaklini tahlil qilish kasb-hunar kollejlarida proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi fanlarida aynan shu imkoniyatlari mavjudligi biz pedagoglar uchun qulay. Proyeksion chizmachilik fanida “Detallarni tahlil qilish”, “Aksonometrik proyeksiyalarni qurish”, “Tekis kesim”, “Sirtlarning kesishishi”, Mashinasozlik chizmachiligi fanida “Yig’ish chizmalarini o’qish”, “Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish”, “Ajratilgan detallarni qayta yig’ish”, “Yig’ma birlikning aksonometriyasini qurish” mavzularida dasturning 3D interfeysida foydalanish, darslarni samarali tashkil etish hamda maqsadga erishishimiz uchun zamin yaratadi.
2. O’lchamlarni to’g’ri qo’yish uchun shaklni tahlil qilish – bajariladigan ishlarning asosiylaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu holda ham kompyuterdan oldingiga o’xshash tarzda foydalaniladi.
3. Shuningdek, chizma bo’yicha detalning shaklini tasavvur qilishga qiynaladigano’quvchilarga ushbu mavzuni o’rganishlarida kompyuterdan foydalanish katta yordam beradi. Masalan, “berilgan ikkita ko’rinish bo’yicha uchinchisini bajarish” mavzusidan grafik ish bajarishda o’quvchilarda qiyinchiklik tug’ilgan hollarda kompyuterda detalning yaqqol tasvirini namoyish
qilish orqali ularga topshiriqni mustaqil bajarishlariga yordam berib yuborish mumkin. Odatda o’qituvchilar bunday o’quvchilarga detal modelini plastilin yoki boshqa materialdan bajarib ko’rishni tavsiya qilib kelishar edi. Maktab chizmachilik kursi bo’yicha tayyorlangan SD-disk bo’ladigan bo’lsa, bunga zaruriyat qolmaydi. O’quvchilar kompakt-diskdagi detalning hajmli tasvirini har xil tomondan aylantirib qarab o’rganishlari mumkin. Bunda faqat o’quvchilar uchinchi ko’rinishni kompyuter yordamisiz, mustaqil ravishda chizishlari zarur bo’ladi.
4. Chizma geometriya fanidan o’quvchilar tushunishlari qiyin bo’lgan yana bir muhum mavzu – sirtlarning kesishishi. Ko’pchilik o’quvchilar bu mavzuni tushunishlari uchun ko’p vaqt ajratadilar, shu sababli o’qituvchi bu mavzuni bir dars vaqtining o’zida o’quvchiga to’liq yetkazib bera olishi qiyin masala. Shunday qiyin vaziyatda bizga AutCAD dasturining 3D interfeysi qo’l keladi.
Chizmachilikda ATD dan o’rinli foydalanish ta’limni individuallashtiradi va o’quvchilar o’quv materiallarini puxta o’zlashtirib, ta’lim jarayonini tezlashishga xizmat qiladi. Ammo ATD lari ta’lim jarayonida hech qachon o’qituvchining o’rnini bosa olmaydi, chunki mustaqil ta’lim hech vaqt bilim olishning yagona va universal usuli bo’lishi mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ro’ziyev E.I, Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi.Toshkent. 2010y.
H.Abidov, M.Murodova. AutoCAD-2004 tizimida grafik ishlarni bajarish. Toshkent.2008
I. Rhamonov, A. Valiyev. Chizmachilik. (Chizmachilik fanidan konstruksiyalash asoslari). “Voris nashriyoti”. Toshkent-2011.
Sh.Q.Shoyqulov.Kompyuter grafikasidan ma’ruzalar matni.Qarshi.2010
Жадаев А.Г. АutoCAD2006.Москва 2006г,239стр.
Tojiboyeva D,Yo’ldoshev A.Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi.Toshkent 2009y
www.tdpu.uz
www.ZiyoNet.uz
www.nbgf.intal.uz
www.knigka.su
www.twirpx.com
www.rusgraf.ru
www.grafuka.ru
Dostları ilə paylaş: |