Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlarni tasvirlashdagi o`ziga xos xususiyatlari
Reja:
Kirish Asosiy qism 1. Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar haqida tushuncha
2. O’lcham qo‘yish qoidalari va o`rganishga bo’lgan zaruriyat.
3. Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar.
4. Chizmalardagi ayrim shartlilik va sоddalashtirishlardan fоydalanish.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Yig'ish chizmalarini chizish ishlarini yengillashtirish maqsadida standart tomonidan belgilangan shartlilik va soddalashtirishlardan foydalaniladi.
1. Yig'ish chizmalarining ko'rinish va qirqimlarida detallarning faskalari, maydaroq yumaloqlashlar, yo'nilgan ariqeha, chuqurchalar, chiqiqlar, nakatkalar kabi elementlar ko'rsatilmasligi mumkin. Olti qirrali va kvadrat gaykalar, boltlarning kallagidagi konussimon faskalari, shaybalarninig faskalari soddalashtirilib, faskalarsiz tasvirlanadi.
2. Buyumning qopqoq kabi detallari bilan to‘si!ib qolgan tarkibiy qismlarini ko'rsatish zarur bo‘lsa, u holda ehizmada bunday qopqoq kabi detallar „Detal vaz. ... ko‘rsatilmagan“ yoki „qopqoq ko'rsatilmagan" degan yozuv bilan ta’minlanadi. Buyum yoki ular elementlarining prujinalar orkasidagi yoki ular oldida joylashgan detal bilan qisman to‘silib qolgan, ammo ko'rinadigan qismlarini tasvirlamaslik mumkin.
3. Shaffof materiallardan tayyorlangan buyumlarni shaffofmasdek tasvirlash lozim.
4. Vint, shurup kallagidagi o'yiqlarni bitta yo‘g‘on chiziq bilan 45° burchak ostida qiyalatib chizish tavsiya etiladi. Vint, bolt, shpilkalarda ularninig rezbalari butun sterjeni bo'yicha ko'rsatilib, shpilka uyalaridagi ehtiyot joylar va steijen toresiga tik qaralganda rezba va shaybalar hamda tirqishlari tasvirlanmasligi mumkin.
5. Standartga muvofiq yig'ish chizmalarida yumalash podshipniklarini soddalashtirib tasvirlash qabul qilingan. Bundan tashqari, podshipniklar yarim qirqimda, yarim soddalashtirib tasvirlanishi ham mumkin.
Yig'ish chizmalaridagi detallarninig ish chizmaiarini chizishda unda tatbiq qilingan shartlilik va soddalashtirishlar hisobga olinmagan holda, barcha kerakli konstruktiv elementlari to'liq ko'rsatiladi.
Grafik ishlarga mеhnat sarfini kamaytirish va chizmalarni sоddalashtirish maqsadida KHYAT DSTlari tasvirlarda qatоr shartlilik va sоddalashtirishlardan fоydalanishga ruхsat bеrgan. Ularning ko`pchiliklari bilan tanishib o`tildi. Ayrimlari haqida quyida ma’lumоt bеramiz:
Agar tasvir simmеtrik figura shaklida bo`lsa, uning yarmini, yoki undan sal оrtiqrоq qismini (bu hоlda uzish chizig`i to`lqinsimоn yoki tutash siniq chiziq bilan ko`rsatiladi) tasvirlashga ruхsat qilinadi .
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va qisqacha tavsiflash. O’lcham qo‘yish qoidalari va o`rganishga bo’lgan zaruriyat. Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar.Chizmalardagi ayrim shartlilik va soddalashtirishlar haqidagi malumotlarni o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Ilmiy ommabop manbalardan to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib,xulosa va takliflar qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, asosiy qism va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.Ishga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.