Cholera ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. V



Yüklə 16,23 Kb.
səhifə1/2
tarix22.10.2023
ölçüsü16,23 Kb.
#159698
  1   2
Vabo virusi ning biologik xususiyatlari


Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. V. dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo o. lari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi. 1823— 1925 yil larda Rossiyada V. epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga V., asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan.V. ning klassik V. va El-Tor V. si degan 2 turi bor. Shunga koʻra, V. mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik V. vibrioni va ElTor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik V. vibrionini 1883 yil R Kox, El-Tor V. vibrionini esa 1906 yil Sinay ya. o. da Gotshlix topgan. V. vibrioni salgina bukilgan va ikki uchi yumaloqlangan tayoqcha boʻlib, boʻyi 1,5—4 mk va eni 0,2—0,4 mk. V. vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15—30 kun, sut va yogʻda bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, hoʻl mevada bir necha kungacha, pivoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez oʻldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez oʻladi. 1960 yil gacha boʻlib oʻtgan V. epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda 6 pandemiyasi) ga klassik V. vibrioni sabab boʻlgan.
Klassik V. ogʻir utib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning natijasida organizmning suvsizlanishi, shuningdek temperatura pasayishi, muskullarning tirishishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va sh. k.) aksari roʻyirost koʻrinadi, shunga koʻra kasallik V. boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, V. ning tarqalishi cheklanadi. El-Tor V. si esa aksari yengil oʻtadi. V. belgilari boʻlmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar koʻproq uchraydi, shu bois El-Tor V. sini aniqlash klassik V. ni aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun ElTor V. sining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.
V. vibrioni bemorning axlati, qusugʻi, baʼzan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibrionlar tushgan suv va oziqovqatni isteʼmol qilish natijasida V. yuqadi. Meʼda shirasi vibrionlarni oʻldiradi, ammo suv koʻp ichilganda yoki meʼda shirasi kamroq boʻlganda vibrionlar meʼdadan ingichka ichakka oʻtib, kupayadi. Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Pashsha axlatga qoʻnganda vibrionlarni qorniga va oyoklariga ilashtirib olib, oziq-ovqatga va ichimlik suvga yuqtirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar (organizmida V. vibrionlari boʻlsa-da, ogʻrimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab boʻla oladi. V. yuvuqsiz qoʻl, kir kiyimbosh va parvarish buyumlari orqali ham yuqadi. V. vibrionlari tushgan suvni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan V. epidemiyalari qisqa vaqtda koʻp aholini kasallantiradi. El-Tor V. si asosan shu yul bilan tarqaladi (ayniqsa qishloq joylarda). Tabiiy sharoit (yozning juda issiq kelishi) va aholi migratsiyasi (dengiz boʻyidagi shaharlarga yezda koʻplab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, V. ning tarqalishiga imkon beradi. V. ning tipik (algid) formasi 2—3, baʼzan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin oʻziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va koʻp keladi, bemor qusadi, temperaturasi pasayadi (35—34° gacha), muskullari tirishadi, yurak urishi susayadi va h. k. Organizm suvsizlangani uchun bemorning koʻzlari kirtayadi, badani koʻkaradi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir necha kun yotgach ich ketishi va qusish bosilib, sogʻaya boshlaydi. V. ning ich surmaydigan va qustirmaydigan ogʻir ("quruq") formasida bemor talvasaga tushib, oʻziga kelmay, bir necha soatda Ulib qoladi. Zamburugʻ, mishyakdan zaharlanish, shuningdek ovqatdan buladigan toksikoinfeksiyalar ham baʼzan V. ga oʻxshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada davolanadi.
Oldini olish: chet ellardan V. oʻtib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari koʻriladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek oqova suvlarni tozalash, suv havzalarini sanitariya ahvolini himoya qilish, suv taʼminoti, oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yoʻqotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va h. k. Yuqorida koʻrsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziqovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. V. vibrioni chidamsiz boʻlgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni V. vibrionlaridan xalos qilish lozim. V. aniqlangan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya va karantin chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bemorga yaqin yurgan kishilar 5 kunlik karantinga olinadi va tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga koʻra hozir vabo kasalligi oʻchogʻida karantin qoʻllanilmaydi.
Davo organizmning suv-tuz maromini rostlash, qon, plazma, fiziologik eritma, Ringer eritmasi, trisol, disol, atsesol, xlosol, reomakrodeks va boshqa eritmalarni toʻxtovsiz quyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini koʻrishdan iborat.
Viruslar - bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega boMgan, tirik organizmda yoki hujayra kulturalarida ko‘paya olish (reproduksiya) va moslashish (adaptasiya) hamda o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega boMgan hayotning hujayrasiz shaklidir. Hozirda odamlar, umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o‘simliklar va mikroorganizmlami zararlovfhi viruslar juda ko‘p uchraydi. Viruslar boshqa mikroblardan mutlaqo farq quK'; va alohida - Vira podsholigiga kiradi. \ Viruslarning xususiyatlari: 1. Viruslarda sitoplazma, yadro, mitoxondriya va rib V m a kabi organellalar yo‘q, shuning uchun ularda hujayraviy jarayon boMm*. di. 2. Viruslar o‘z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi faqatX ‘я nuklein kislota (DNK yoki RNK) tutadi. ^ 3. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyan boshqaruvchi tizimi yo‘q, ya’ni toMiq xo'jayin hujayrasiga bogMii boMgan genetik darajadagi qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi. 4. Viruslar dis’yunktiv usulda ko‘payadi va sezuvchan hujayrad reproduksiyalanadi, bunda u xo‘jayin hujayra resurslari va biosintetil tizimlaridan foydalanadi. Viruslarning 2 xil ko‘rinishi farqlanadi - hujayradan tashqaridag va hujayra ichi virusi. Hujayradan tashqaridagi virus fanda virion deb nomlanadi (esk adabiyotlarda nomlanishi - virusli boMakcha). Bu hayot faoliyatir namoyon etmaydigan yetilgan virus ko‘rinishidir. Virion virusni tashc muhitda saqlash va uni bir organizmdan boshqa bir organizmga hamd„ bir hujayradan boshqa bir hujayraga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Hujayra ichi virusi — vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada reproduksiyalanadi, produktiv infeksiyani qo‘zg‘atadi, virionning yangi avlodi shakllanadi va natijada hujayra halok boMadi. Reproduksiya jarayoni tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil boMmaydi va abortiv infeksiya kelib chiqadi. Ayrim viruslar o‘zining genetik material ini xo‘jayin hujayra xromosomasiga provirus ko‘rinishida o‘tkazish qobiliyatiga ega.

Yüklə 16,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin