Chorshanbiyev kamoliddinning


Yer to’g’risidagi me'yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#181975
növüReferat
1   2   3   4   5
Kamol qishloq xojaligi

2. Yer to’g’risidagi me'yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida bozor tamoyillariga asoslangan yer munosabatlari shakllanmoqda. Uning asosiy qoidalari qonunchilik hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz hisoblangan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” - deb belgilab qo’yilgan. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish ijara usuliga asoslangan bo’lib, yer ijara mexanizmi orqali bozor munosabatlariga kiritiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, agrar islohotlar jarayonida qishloqda turli toifadagi yerdan foydalanuvchilar soni keskin ko’paydi va bu hozir ham davom etmoqda. Shu bilan birga, har yili qishloq xo’jaligi yerlari noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun ajratilishi davom etmoqda. Ushbu vaziyatlarda davlatning yer resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda rivojlangan xorij davlatlarida to’plangan tajribalarni hisobga olish samarali yo’llardan biridir.
1998-yil 30-aprelda O’zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi qabul qilingan. Ushbu Kodeks 14 bob, 91 moddadan iborat bo’lib, yer resursining toifalari va undan faydalanish bo’yicha barcha qoidalar yoritib berilgan. Ushbu Kodeksning 1-moddasida “Yer umummilliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi хalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi” - deb ta’kidlangan.
Respublikamizda ekin maydonlarining aholiga shaxsiy tomorqa xo’jaligi va turar joylarni qurish uchun, sanoat, sug’orish inshootlarini barpo etish uchun ajratilishi oqibatida ekin ekiladigan maydon kamaymoqda. Bu obyektiv jarayon kelajakda ham davom etadi. Shuning uchun mavjud yerlardan yil davomida oqilona, samarali foydalanish zarur. Respublikamizning jami ekin maydoni 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 397,3 ming gektarga qisqargan. Shu davrda donli ekinlar maydoni 111,1 ming gektarga, shundan bug’doy maydoni 130,0 ming gektarga, g’o’za maydoni esa 214,5 ming gektarga kamaygan. Ayrim ekin turlari bo’yicha ekin maydonlari ko’payganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, dukkakli don maydoni 25,5 ming gektarga, sabzavotlar ekin maydoni 14 ming gektarga ko’paygan. Shu davrda ozuqa ekinlari ekiladigan maydon esa 65,9 ming gektarga qisqargan. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi o’z navbatida almashlab ekish tizimining buzilishiga olib keldi hamda chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasini barpo etishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bois kelajakda yerdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish uchun almashlab ekishni joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash, eksport hajmini oshirish, tarmoqda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida qishloq xo’jaligidagi ekin maydonlarini optimallashtirishga e’tiborni kuchaytirmoqda.
2008-yil 20-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4041-sonli Farmoni e’lon qilindi va unga ko’ra mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish maqsadida paxta ekib kelinayotgan maydonlarning bir qismi g’alla va boshqa ekinlar uchun ajratib berildi. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha Surxondaryo viloyati Hokimining 2008-yil 23-oktabrda 169-sonli qarori qabul qilingan va ushbu qarorda 2009-yil hosili uchun avval paxta ekib kelingan 3400 gektar yerning 3000 gektariga g’alla, 115 gektariga sabzavot, 30 gektariga kartoshka va 255 gektariga moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan edi.
Ekinlar ekiladigan yerlardan to’liq va samarali foydalanishga barcha xo’jaliklar alohida e’tibor bermoqdalar. Bu harakat ijobiy natijalar bermoqda va so’nggi yillarda barcha turdagi ekinlarning hosildorlik darajasi ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining suv resurslariga bo’lgan talabi so’nggi yillarda 49,4 mlrd. m3 ni tashkil etmoqda. Suv resurslaridan unumli foydalangan holda xo’jaliklar g’alla, paxta ekilgan maydonlardan yuqori hosil olib, yerdan samarali foydalanmoqdalar. Buning uchun ular ekin ekiladigan yerlarni vaqtida sifatli haydab, sara urug’larni yangi texnologiyalar asosida ekib, parvarishlashga aloqador boshqa tadbirlarni e’tibor bilan o’tkazmoqdalar. Ekinlarga agrotexnik muddatlarda suv, o’g’it berish, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda sifatli qilib yig’ishtirib olishga e’tibor bermoqdalar. Bu jarayonda xo’jalik rahbarlari, mutaxassislari barcha imkoniyatlardan to’liq va samarali foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda fermer va dehqon xo’jaliklarida yerlardan foydalanish samaradorligi yil sayin yaxshilanmoqda. Bunga asosan mulk va unga egalikning o’zgarishi, ya’ni manfaatdorlikning ortishi ta’sir ko’rsatgan. Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining oshishi yerdan foydalanish samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi. Lekin erishilgan natijalar o’sib borayotgan talab darajasida emas. Yer va suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish lozim. Yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarni kompleks amalga oshirishni rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. 2020-yilning 1-oktabr holatiga sug’oriladigan yerlarning 44,7 foizi turli darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o’rtacha va 1,9 foizi esa kuchli darajada sho’rlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 metr va undan yuqorida joylashgan. Yerlarning sho’rlanish darajasiga ayrim joylarda irrigatsiya tizimining yaroqsiz holga kelganligi, suvdan tejab-tergab samarali foydalanish qoidalarining buzilishi, ekinlarni sug’orish texnologiyasining takomillashmaganligi, yerdan foydalanuvchi subyektlar sonining ko’payishi, ularga ijaraga berilayotgan yer uchastkalarining maydalashib ketganligi va ularning meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga mablag’lari yetishmasligi sabab bo’lmoqda.
Bu muammoni yechishda davlatning bevosita ko’magi lozim. Bu muhim tadbirni qishloq xo’jalik korxonalarining o’zlari bajara olmasligi mumkin, chunki ularning texnik-iqtisodiy quvvati yetmaydi. Shu sabali mamlakatimiz hukumati tomonidan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo’jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo’lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to’lanadi.
Qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o’tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo’jaligi yerlarining normativ qiymati bo’yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to’lanadi.
Undan faqat bugunni emas, kelajak avlodlarning ham manfaatlarini ko’zlab, ilmiy asoslangan holda, oqilona, samarali foydalanish, uni muhofaza etish umummilliy dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatimiz hududidagi barcha boyliklardan, shu jumladan, yer resurslaridan ham oqilona, samarali foydalanish lozim. Bunda yerlarning holatini kuzatib borish, ya’ni yer monitoring muhim ahamiyat kasb etadi. O’ta muhim bu vazifa hal etilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000-yilning 23-dekabrida “Yer monitoringi to’g’risidagi Nizom”ni tasdiqladi va shu kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida yer monitoringi to’g’risida”gi 496-sonli Qarori qabul qilindi. Yer monitoringi respublika yer fondidagi barcha o’zgarishlarni o’z vaqtida ilmiy asoslangan holda aniqlash, yerlarga to’liq baho berish (sifat hamda iqtisodiy jihatdan), ularga ta’sir etuvchi salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini izchil tugatish maqsadida yerning holatini kuzatib borish bilan bog’liq bo’lgan axborotlar tizimidan iboratdir. Respublikamizning barcha yerlari monitoring obyekti hisoblanadi.
Nizomda vazirliklar va idoralar faoliyatini va yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Demak, yuksak davlat ahamiyatiga molik bo’lgan vazifani muvaffaqiyatli hal etishda vazirlik tarkibidagi barcha idoralar, tashkilotlar faol qatnashishlari zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “O’zdavyerloyiha” instituti yer monitoringi amalga oshirilishini ta’minlashga quyidagi yirik masalalarni hal etish bilan hissa qo’shishi rejalashtirilgan: qishloq xo’jalik yerlari tuproq monitoringini amalga oshirish uchun tuproqshunoslik tadqiqotlariga oid to’plangan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, monitoring tadqiqotlarini olib borish maqsadida respublika, viloyatlar hamda tumanlar hududida asosiy maydonlarni tanlash va ularni asoslash; vaqt o’tishi bilan tuproqlarning asosiy xususiyatlari o’zgarganligini isbotlovchi ma’lumotlarni teran va to’liq tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik maydonlarda tuproqlarning holatini isbotlovchi ko’rsatkichlar majmuasini asoslash, tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma’lumotlarni sifatli to’plash hamda ularga o’zgartirishlar kiritishi kerak. Buning uchun qishloq xo’jalik yerlari tuproqlarini suv va shamol erroziyasi ta’siri oqibatida o’zgarishi monitoringi; qishloq xo’jalik yerlari tuproqlari sho’rlanganlik darajasining o’zgarish jarayoni monitoringi; qishloq xo’jalik yerlari tuproqlari og’ir metallar bilan zararlanganlik darajasining o’zgarishi monitoringi; qishloq xo’jalik yerlari tuproqlarining texnogen o’zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri natijasida tuproqlarning ifloslanishi monitoringi; barcha o’simliklarning og’ir metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo’jalik yerlari tuproqlarining gerbitsid va pestitsidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; mineral o’g’itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o’zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.
Respublikamiz bo’yicha yerlar sifatini tavsiflovchi ma’lumotlar 6jadvalda keltirilgan.
Yer monitoringi O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, viloyatlardagi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, respublikadagi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi – yer tarkibidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
2020-yil 7-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6061-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo’mitasi negizida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi qoshida Kadastr agentligi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo’mitasining qishloq xo’jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo’jaligi yerlarini muhofaza qilish bo’yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini o’tkazish, qishloq xo’jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo’jaligi vazirligiga o’tkazildi. Ushbu farmonga ko’ra 2021-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelishi, o’zgarishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor bo’lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Bundan tashqari, 2021-yil 1yanvardan boshlab:

  • yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi; - onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi; - yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;

  • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi.

Davlat yer kadastri – yerlarning tabiiy, xo’jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko’rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o’lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga taqsimlash to’g’risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi:

  • yerdan foydalanuvchilar;

  • yer maydoni, uning tarkibi, sifati; - yerni iqtisodiy baholash.

Yerlarni iqtisodiy baholash bir qancha iqtisodiy muhim masalalarni hal etishga qaratilgan bo’lishi lozim. Eng avvalo, yer umumxalq, davlat mulki sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir. Shunda mamlakat milliy boyligining tarkibi - yerning qiymatini, ulushini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Shuning bilan birgalikda yerning asosiy vosita sifatida baholanishi ham hal etilishi lozim.
Sug’oriladigan yerlarning me’yoriy bahosini aniqlashning negizida qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishi uchun yerlarning ahamiyatliroq bo’lgan tabiiy xususiyatlari (tuproq bonitirovkasi) va me’yoriy sof foydasi qiymatini ko’rsatuvchi sifatlari bo’yicha shu yerlarning solishtirma bahosi yotadi. Bonitirovkalashda tuproqning quyidagi asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari hisobga olinadi: tuproqning tipi, mexanik tarkibi, sug’orib kelinayotganlik muddati, termik resurslar bilan ta’minlanganligi, tuproq hosil qiluvchi jins, yer osti suvining chiqib ketishi, sho’rlanish, erroziyalanish, tosh va gipslanish darajalari. Eng yuqori baho 100 ball bilan eng yuqori mahsuldorlikka ega, eng yaxshi tuproqlar baholanadi.
Qishloq xo’jaligi yerlarining me’yoriy qiymati banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turarjoylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xo’jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig’i miqdorini aniqlash, kimoshdi savdolari orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning dastlabki bahosini belgilash uchun qo’llaniladi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi. Me’yoriy qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi.
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash “O’zdaverloyiha” davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi. “O’zdaverloyiha” davlat yer tuzish ilmiyloyiha institutining hududiy bo’linmalari tomonidan ma’muriy tumanlarning har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatini aniqlash natijalari bo’yicha hisobot quyidagi tarkibda tuziladi:

  • tushuntirish xati;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati va tuman bo’yicha o’rtacha me’yoriy qiymat to’g’risidagi ma’lumotlar.

Me’yoriy qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifatini hisobga olgan holda aniqlanadi. 1 gektar qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  • tuproqning sifatini va tabiiy yem-xashak ekin maydonlari

(pichanzorlar va yaylovlar) ni baholash ko’rsatkichlari;

  • asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari tuzilmasi;

  • qishloq xo’jaligi ekinlari va yem-xashakbop ekin maydonlarining me’yoriy hosildorligi;

  • qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy unumdorligi;

  • qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy turlari bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan foyda olishi;

  • dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o’rtacha yillik narxlari hamda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining o’rtacha xarid narxlari;

  • foydaning kapitallashuvi foizi.

Me’yoriy qiymatni aniqlashda qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining individual renta hosil qiluvchi omillari – qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin maydonlari tuzilmasi va sug’orish uchun suv chiqarish usuli (oqar suv yoki mashina usuli) hisobga olinadi.
Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy hosildorligi tuproqlar o’rtacha bonitet bali bilan qishloq xo’jaligi ekinlari tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos me’yoriy hosildorlikning yig’indisi sifatida hisoblab chiqiladi.
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashning texnologik sxemasi quyidagicha:

  1. Tayyorgarlik ishlari.

    1. Ishlar mazmuni va dasturini ishlab chiqish.

    2. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining hamda me’yoriy qiymatni aniqlash obyektlarining ro’yxatini va joylashish chizmasini tuzish.

    3. Me’yoriy qiymati aniqlanadigan obyektlar bo’yicha dastlabki yer-hisobga olish va statistik hamda natijali yer-baholash axborotlarini to’plash, tahlil qilish va tayyorlash.

    4. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashda dastlabki va qiymat ko’rsatkichlarining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi dasturini o’rganish va o’zlashtirish.

  2. Tuproq unumdorligi, tabiiy ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi, sug’orish uchun suv berish usuli bo’yicha birlamchi ma’lumotlar bazasini tayyorlash va me’yoriy qiymatini aniqlash obyektlarining ko’rsatkichlarini hisob-kitobi.

    1. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti tuproq unumdorligining o’rtacha ko’rsatkichini aniqlash.

    2. Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’yicha mahsulot yetishtirishdan foizlarda hisoblab chiqilgan foydani aniqlash.

    3. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti yaylovlarining ozuqa qimmatliligi ko’rsatkichlarini aniqlash.

    4. Sug’orishning ichki tizimida sug’orish uchun suv berish usuli ko’rsatkichini aniqlash.

    5. Zaharli kimyoviy dorilarni qo’llash cheklangan maydonlarni aniqlash.

  3. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi.

    1. Birlamchi ko’rsatkichlarni kompyuter dasturiga kiritish.

    2. Qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy qiymati: me’yoriy unumdorlik, hisoblangan foyda va me’yoriy qiymat ko’rsatkichlari hisob-kitobi.

  4. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarini rasmiylashtirish.

    1. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatini aniqlashning hisob-kitob

(jadval) va matnli qismini rasmiylashtirish hamda ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va respublika bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarini umumlashtirish.

    1. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarining jadvalli qismini rasmiylashtirish.

    2. Ma’lumotnomalarni tayyorlash va qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim etish.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin