Chorshanbiyeva Umida Choriyevna



Yüklə 107,26 Kb.
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü107,26 Kb.
#145885
1   2   3   4   5
Chorshanbiyeva Umida Choriyevna,

2


texnologiyasi – “STEAM” texnologiyasidir. STEAM ta’limi asosiy global tendentsiyalardan biridir. Hozirgi kunda texnik yo‘nalishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ko‘pgina bolalar muassasalarida: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, to‘garaklarda, maktablarda IT texnologiyalari bo‘yicha sinflar, STEAM laboratoriyalari va LEGO markazlari yaratilmoqda. Bolalar uchun tashil etilayotgan qo‘shimcha ta’lim va tarbiya formati o‘zgarmoqda.
Matabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga steam texnologiyasi asosida bilim berilsa, maktab yoshiga yetganida innovatsion tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladi. STEAM ta’lim modelining mazmuni bugungi kunda amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalarning muhim tarkibiy qismidir, lekin ko‘p jihatdan butun ta’lim tizimining yangi predmetli-makonli muhitini yaratishga, uning mazmuni, dasturiy ta’minoti va uslubiy ta’minotini yangilashga bog‘liq.
Lekin ko‘plab muassasalarda STEAM laboratoriyalari mavjud bo‘lmaganligi tufayli bolalarga yetarlicha bilimlar berish murakkablashmoqda. STEAM – ta’lim texnologiyasining maqsadi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini rivojlantirishdir. STEAM texnologiyasi AQSH singari Rossiya, Germaniya mamlakatlarida ham qo‘llaniladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisiga murojaatidan 2018 - yil 1 mart kuni: “bugungi kunda eng muhim raqobat afzalligi-bilim, texnologiya. Bu hayot sifatini yaxshilash uchun haqiqiy yutuqning kalitidir. Eng qisqa vaqt ichida biz eng yaxshi narsalarni ishlab chiqishimiz kerak, qonunchilik bazasini ishlab chiqish va robototexnikani keng qo‘llash uchun barcha to‘siqlarni olib tashlash kerak, yani sun’iy intellekt, uchuvchisiz transport, elektron savdo, katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Vladimir Putin quyidagi so‘zlarni aytib va STEM – ta’lim va uning afzalliklarini ta’kidlaydi, ya’ni:

  1. Tabiiy fanlar, muhandislik ijodkorligi, matematika, raqamli texnologiyalar va hokazolarning turli sohalarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan zamonaviy muammolarni hal qilishning integratsiyalashgan yondashuvi ushbu integratsiyaning markazida badiiy izlanishlarga va faoliyat natijasi sifatida muayyan haqiqiy mahsulotga ega bo‘lgan loyihalar usuliga asoslangan.

  2. Bilim-tadqiqot faoliyati jarayonida nafaqat intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, balki bolalarni ilmiy-texnikaviy ijodga jalb qilishga qaratilgan, zamonaviy dunyoda, kelajakda hayotning yuqori sifati uchun sharoit yaratish, o‘z- o‘zini anglashga yordam berish.

“STEAM” texnologiyasi asboblar to‘plamiga nimalar kiradi ?

  1. Fridrix Frebelning didaktik tizimi - STEAM ta’lim moduli sifatida

  2. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish - STEAM ta’lim moduli sifatida

  3. LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida

Yüklə 107,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin