w
www.oriens.uz
October
2021
Fig.2. Chuqur parmalash jarayoni
Chuqur parmalsh jarayonini o‘rganish uchun uzun silindrsimon detal markazida
teshik ochiladi (Fig.2). Bu jarayonda parma harakatlanadi, detal qo‘zg‘almas.
Ochilgan teshikni tekshirish maqsadida detal bir necha bo‘laklarga bo‘lindi va har bir
bo‘lak alohida o‘rganildi.
Fig.3. Chuqur teshik ochilgan silidrsimon detal
Agar har bir bo‘lak alohida o‘rganiladigan bo‘sa, unda quyidagi natijalar onishi
mumkin. Detal har ikkala tomonidan tayanchlarga o‘rnatilganligini uchun teshikning
boshlanishi va oxiri detal markazida joylashadi (Fig.4. A va B). Buning sababi kesish
jarayoni tayanchlarga yaqin joyda sodir bo‘lganida titrashlar kam bo‘ladi.
Fig.4. Chuqur teshik ochilgan silidrsimon detalni yon tomonlaridan
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
94
w
www.oriens.uz
October
2021
ko‘rinishi.
Lekin, bo‘laklarga bo‘lingan detalni o‘rganganimizda ko‘plab xatoliklarni
aniqlaymiz. Fig.5. ni ko‘rib chiqsak, chuqur parmalash jarayonida kesish tayanchdan
uzoqda sodir bo‘lganda chetlanishlar kuzatiladi. Bunday chetlanishlar o‘zgaruvchan
bo‘lib, teshik uzunligi bo‘ylab markazdan turlicha kattalikda chetlashadi. Biz bu
chetlanishlarni x va y o‘qlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu holatda chetlanishlar –x, x, -y,
y bo‘ladi.
Fig.5. Chuqur teshik ochilgan silidrsimon detalni qirqimlari.
Agar barcha xatoliklar va chetlanishlarni sababi kesish tayanchlardan uzoq
masofada bo‘layotganligi deb qarasak, demak biz bu chetlanishlarni kamaytirishimiz
kerak. Parma konstruksiyasini va foydalaniladigan dastgohni o‘zgartirmagan holda
bu muammoni hal qilish jarayon uchun eng optimal bo‘ladi.
Buning uchun biz kesish zonasi bilan tayanchlar orasidagi masofani
qisqartirishimiz kerak.
|