Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 92
w www.oriens.uz October 2021 Yupqa devorli teshiklarga mexanik ishlov berish jarayonida ko‘plab xatoliklar
paydo bo‘ladi. Uzun, silindrsimon detal markazida teshik ochish jarayonida detal
markaziy o‘qdan chetlanib qolishi kuzatiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Aylanayotgan spiral parma uzun bo‘lgan holda kesish jarayoni parma dastasidan
uzoq masofada bo‘ladi. Bu holatda parma markaziy o‘qdan radial qochib aylanadi,
titrash harakati kuzatiladi. Bu hodisa sababli parmalanayotgan teshik bir o‘qda
joylashmaydi, markaziy o‘qdan og‘ish, teshik o‘lchamining o‘zgarishi va boshqa
xatoliklar paydo bo‘ladi.
Fig.1. Chetlanishlar
a – o‘qdoshlikdan α burchakka og‘ish
b – o‘qdoshlikdan to‘lqinsimon og‘ish
c – teshik o‘lchamining o‘zgarishi (konussimon)
d – teshik o‘lchamining o‘zgarishi (bochkasimon)
Ko‘rsatilgan xatoliklarni o‘rganish uchun chuqur parmalash jarayonini o‘rganib
chiqamiz. Buning uchun parma aylanadigan, detal harakatsiz turadigan jarayonni
ko‘rib chiqamiz.
Bunday xatoliklar yuzaga kelish sabablaridan eng muhimi kesish sodir
bo‘layotgan zona bilan tayanch orasidagi masofa katta bo‘lishidir (Fig.2). L
1
va L
2
masofalar qanchalik kata bo‘lsa, parma aylanishi natijasida markazdan qochib
tebranma harakati kata bo‘ladi.