Чуст туман халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлими мудирининг



Yüklə 388,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü388,5 Kb.
#37076
Tabiiy fanlar oyligi buyruq.............12





Chust tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining
B U Y R U G‘ I
Fan oyligini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi

“Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyruq ijrosini hamda, fan oyliklarini o‘tkazish samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida tizimli kimyo, biologiya, fizika fanlarini qamrab olgan holda tashkil etish, o‘qituvchilarni ijodiy faolligini oshirish, iste’dodli, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularni tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, mahorat darslari orqali ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayonida inovatsion uslublarni keng qo‘llashga erishishni ta’minlash maqsadida buyuraman:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi “Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.

2. Umumta’lim muassasalarida “Fan oyligini”ni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga, fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Тuman xalq ta’limi bo’limi tabiiy fanlar metodisti B.Mamajonovga:

- umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma va buyruqni barcha ta’lim muassasalariga yetkazish;

- umumta’lim muassasalariga yanvar Tabiiy fanlari oyligini o‘tkazish bo‘yicha metodik va amaliy yordam berish;

- oy yakunida “Fan oyliklari”ni o‘tganligi yuzasidan hisobotlarni olish, tahlil qilish, yo‘l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan metodik tavsiyalar tayyorlash hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri huzuridagi yig‘ilishlariga ma’lumot tayyorlash;

- “fan oyliklari”ni tavsiyalar asosida o‘tkazib borilganligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;

- mahorat darslarini va ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga tavsiya etish;

- fan oyliklarini o‘tkazilganligi bo‘yicha tahliliy hisobotlar hamda me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga o‘z vaqtida taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

Barcha ta’lim muassasasi rahbarlariga:


  • barcha umumta’lim maktablarida “Fan oyliklari”ni o‘tkazish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining 2020- yil 13- avgustdagi “Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘ida ilova qilingan chora-tadbirni ishlab chiqish;

  • fan oyliklarini o‘tkazish jadval va tavsiyalar asosida o‘tishini ta’minlash;

  • yuqori tajribali o‘qituvchilarining ish faoliyatlarini tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya berish;

  • fan oyligini o‘tkazilishi bo‘yicha tahliliy hisobotlar hamda me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va oy yakunida xalq ta’limi bo‘limi metodisti B.Mamajonovga yetkazilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish mudir o‘rinbosari Q.Karimov zimmasiga yuklatilsin.


Chust tuman xalq ta’limi

bolimi mudiri: D.Arolov
Chust shahri

2020- yil ­­­___-dekabr

___- son

Xalq ta’limi bo‘limining 2020- yil ____dekabrdagi ____sonli buyrug‘iga

1-ilova

Fan oyliklari”ni otkazish boyicha tashkiliy



qo‘mita
T A R K I B I





Familyasi va ismi

Lavozimi

Vazifasi

1

Q.Karimov

Xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari .

Rais

2

B.Mamajonov

Xalq ta’limi bo‘limi tabiiy fanlar metodisti .

Kotib

4

A.Mirzajonov

Monitoring bo‘limi mutaxassisi

A’zo

5




Barcha umumta’lim muassasalari o‘quv –tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari.

A’zo

Xalq ta’limi bo’limining 2020- yil ___dagi ______-sonli buyrug‘iga

1-ilova

Fan oyliklari”ni otkazish


T A R T I B I




Fan va yo‘lanish nomi

O‘tkazish muddati

1

Tabiiy fanlar

4-30 yanvar kunlari

Yüklə 388,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin