Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Wan tarmoqlarida statik va dinamik marshrutlash


EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi



Yüklə 82,63 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü82,63 Kb.
#207751
1   2   3   4   5
KT Lab 3. Olimov.S (2)

EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi.

  • Salomlashish (hello) paketi. Qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash va qo‘shni marshrutizatorlar bilan bo‘g‘lanish munosabatlarini qo‘llab quvvatlash uchun ishlatiladi.

  • Yangilash paketlari. Mashrut to‘g‘risidagi maʼlumotlar qo‘shni EIGRP qurilmalariga yuboriladi.

  • Tasdiqlash paketlari. Ishonchli yetkazib berish yordamida yuborilgan EIGRP xabari olinganligini tasdiqlashda ishlatiladi.

  • So‘rov paketlari. Qo‘shni qurilmalardan marshrutlarni so‘rashda ishlatiladi.

  • Javob paketlari. EIGRP so‘roviga javob yuboriladi.



2.3. OSPFv3 (Open Shortest Path First) 3 versiyasi IPv6 uchun ishlab chiqarilgan. OSPF protokolining xususiyatlari:

  • sinfsizlik – protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;

  • samaradorlik – marshrutda o‘zgarish bo‘lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni tanlash uchun SPF ni qisqa yo‘lni izlash algoritmini ishlatadi;

  • marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o‘zgarganligini tez translyasiya qilish;

  • masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‘ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo‘llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin;

  • xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi.

Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko‘rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng.
OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko‘rsatadi:

  • qo‘shni qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi-qo‘shni qurilmalarning jadvalini yaratadi;

  • kanal xolati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) - topologiya to‘g‘risida jadval yaratadi;

  • jo‘natmalar ma’lumotlar bazasi- marshrutizatsiya jadvalini yaratadi.

OSPFv3 versiyasida LSA xabarining 2 turi kiritilgan. 8 tipdagi LSA xabari lokal tarmoqda ko’chkili jo’natish uchun foydalaniladi. 9 tipida LSA chegara marshrutizator hududida shakillantiriladi.

Yüklə 82,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin