Cisco packet tracer simulyatsion muhitida virtual lokal tarmoqlarni qurish prinsiplari



Yüklə 25,41 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#163800
  1   2   3
12-Amaliyot. CISCO PACKET VPN


Amaliyot ishi - 12
CISCO PACKET TRACER SIMULYATSION MUHITIDA VIRTUAL LOKAL TARMOQLARNI QURISH PRINSIPLARI.
Ishdan maqsad: Virtual tarmoqni (VPN) sozlash va ishga tushirish.
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish – logik ulanishning xususiy misoli, unda xamma paketlar uchun marshrut qattiq aniqlangan. Bitta ulanish chegarada uzatilayotgan xamma paketlar bitta aniq yo‘l bo‘yicha o‘tishi kerak (2.2.10 -rasm). Paketli kommutatsiya tarmog‘ida oxirgi tugunlarni ulaydigan bitta oldindan qo‘yilgan fiksatsiyalangan marshrut virtual kanal deb nomlanadi (virtual circuit yoki virtual channel VC). Virtual kanallar barqaror axborot oqimlar uchun o‘rnatiladi. Umumiy trafikdan axborot trafigini ajratish uchun xar bitta paket maxsus belgi — metka bilan belgilanadi.
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish protsedurasi qo‘yidagi qadamlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Virtual kanalini o‘rnatish – maxsus paketni manba tugunidan jo‘natish - ulanishni o‘rnatish so‘rovi (qo‘yiladigan shu virtual kanal yuboradigan adresi va oqim metkasi uchun).

  2. Tarmoq bo‘yicha o‘tish paytida so‘rov xar bitta kommutatorda yangi yozuv shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo‘lgan paketni kommutator qanday xizmat qo‘rsatish kerakligini ko‘rsatadi.

  3. Shakllantirilgan virtual kanali shu metka bilan identifikatsiyalanadi.

  4. Virtual kanal o‘rnatganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot oqimlarni bu kanal bo‘yicha yuborishi mumkin.



2.2.10. - rasm. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish.
Kirish interfeysga paket qabul qilinganidan keyin kommutator paket boshidan metkani o‘qiydi va o‘zini kommutatsiya jadvalini ko‘rib chiqadi, bu jadval bo‘yicha paketni qaysi chiqish portiga yuborishni aniqlaydi.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida taʻriflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar oʻrtasida barcha maʻlumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani taʻminlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.

Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin