Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar Троелсен Эндрю, Джепикс Филипп. Язык программирования C# 7 и платформы .NET и .NET Core. Вилямс. 2018
Албахари Бен, Албахари Джозеф. C# 7.0. Справоchник. Полное описание языка. Пер. с англ.-СПб: “Алфа-книга”, 2018, -1024 с.
Ю.С. Магда C#. Язык программирования Си Шарп. – Изд. ДМК Пресс, 2013, 190 с.
Лабор В.В. C#: Создание приложение для Windows. – Мн.: Харвест, 2003, 384 с.
DatabaseFirst orqali berilganlar bazasi bilan ishlash.
Database First Database First yondashuvi Entity Framework birinchi bor yaratilgan vaqtda taqdim qilingan edi. Ushbu yondashuv ko‘p jihatdan Model First ga o‘xshash bo‘lib, DB tayyor bo‘lgan holda ishlatiladi.
Entity Frameworkmuayyan DBdagi ma’lumotlar bilan ishlashi uchun tizimda mos provayder o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Visual Studio da MS SQL Serverob’ektlari bilan ishlash uchun barcha zaruriy infratuzilmalar o‘rnatilgan. MySQL, Oracle va boshqa turdagi DBlar uchun mos provayderlarni o‘rnatish lozim. Eng keng tarqalgan DB provayderlarini ADO.NET Data Providers dan olish mumkin.
Yangi Console Application turidagi loyihani yaratamiz. Uning funksionali avvalgi loyihalarga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. Faqat Entity Framework ga yondashuv boshqacha tarzda tashkil qilinadi. Ushbu yondashuv asosida dastur yaratilayotganda DBda zarur ob’ektlar mavjud bo‘lishi shart.
Visual Studio dagi Solution Explorer oynasidan loyiha nomini tanlab, sichqonchani o‘ng tugmasini bosamiz. Hosil qilingan menyudan Add --> New Item qismni tanlaymiz. So‘ngra hosil qilingan muloqot oynasidan ADO.NET Entity Data Modelni tanlaymiz. Yangi komponentga User nomini beramiz:
So‘ngra bizga model hosil qilish uchun oyna taqdim etiladi. Agar siz Visual Studio 2013ning SP2, SP3 o‘rnatilgan varianti bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, quyidagi muloqot oynasi taqdim etiladi:
Ushbu muloqot oynasidan EF Designer from database qismini tanlaymiz.
Agar sizda Visual Studio 2013 zaruriy paketlari o‘rnatilmagan bo‘lsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ushbu holda Generate from database (Sozdanie modeli po imeyuщeysya baze dannыx)qismni tanlash lozim. Natijada modelni hosil qilishning keyingi qadami uchun oyna taqdim etiladi. Ushbu muloqot oynasida DBga ulanishni ko‘rsatish lozim.
Ro‘yxatdan zarur bo‘lgan ulanishni tanlaymiz. Agar ro‘yxatda bizga kerakli ulanish mavjud bo‘lmasa, New Connection tugmasini bosib, yangi ulanishni shakllantiramiz.
Shuningdek, loyihamiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar kontekstini tanlash lozim. Bizning misolda ma’lumotlar konteksti sifatida userstoredbEntities kelgan. Bu qiymatni qoldirish yoki o‘zgartirish mumkin.
Ulanish tanlanganidan so‘ng, keyingi qadamda o‘tish mumkin. Bizda Visual Studio 2013 da zarur paketlar o‘rnatilmagan bo‘lsa, Entity Framework versiyani tanlash taklif qilinadi. Oltinchi versiyasini tanlaymiz: