CodeFirst orqali berilganlar bazasi bilan ishlash



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/7
tarix05.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#173923
1   2   3   4   5   6   7
10-Amaliy mashg\'ulot

UserContext klassi DbContext klassi orqali IDisposable interfeysini tadbiq qilgani uchun, UserContext bilan ishlashda using konstruksiyasidan foydalanishimiz mumkin. using konstruksiyasida ikkita User ob’ekti hosil qilingan va ular DBga saqlangan:
db.Users.Add(user1);
db.Users.Add(user2);
db.SaveChanges();
DBdan ma’lumotlar ro‘yxatini olish uchun ma’lumotlar kontekstidagi Users xususiyatidan foydalanish yetarli: var users = db.Users;
Dastur ishga tushirilgach, konsolga quyidagi natija hosil qilinadi:
Ob’ektlar DBga saqlandi
Ob’ektlar ro‘yxati:
1.Tom - 33
2.Sam - 26
Entity Framework vositalari orqali DB ob’ektlarini oddiy va qulay boshqarish ta’minlanadi. Bunda biz DB va unda mos jadvallarni hosil qilishimiz shart emas. Ushbu amallarni barchasini Entity Framework o‘zi ma’lumotlar konteksti va modellar asosida bajaradi. Agar bizda DB mavjud bo‘lsa, Entity Framework uni qayta yaratmaydi.
Bizning vazifamiz DBda saqlanishi lozim bo‘lgan modelni va kontekstni aniqlash hisoblanadi. Shuning uchun ushbu yondashuv Code First deb nomlangan. Ya’ni avvalo kod yoziladi, so‘ngra unga mos DB va jadvallar hosil qilinadi.
DB qaerda saqlanadi? Loyihadagi ma’lumotlar konteksti va modellarga mos DBni Visual Studio dagi Database Explorer oynasidan yoki SQL Server Management Studio maxsus boshqaruv vositasidan ko‘rish mumkin.

DBni Visul Studio dan ko‘rish uchun menyuning View->Other Windows->Database Explorer qismini tanlashimiz lozim. So‘ngra hosil qilingan Database Explorer oynasidan Connect to Database ni tanlab yangi bazaga ulanishni amalga oshiramiz.

DBga ulanish muloqot oynasida server sifatida (localdb)\v11.0 ni tanlaymiz yoki muayyan DB joylashgan manzilni ko‘rsatamiz. DB fizik fayllari C:\Program Files\Microsoft SQL Server\MSSQL11.SQLEXPRESS\MSSQL\DATA katalogida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bizning misolda DB – DbConnection.mdf kabi faylda saqlanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin