Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
72 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Yuqorida keltirilgan ma'lumot va o'rgatish jarayonida e'tiborga olinadigan 
omillar ma'lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlaridan joy olishi 
kerak. Bundan tashqari, bolaning ichki sirli imkoniyatlarini hamda mavjud 
omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. 
Olingan natijalar o'rgatish uslublarini, bosqichlarini va texnologiyasini qo'llashda 
tayanch omil bo'lib xizmat qilishi kerak. 
Dastlabki o'rgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bu 
bosqichlarni har biri o'ziga xos uslub va vositalarni o'z ichiga oladi. Umumiy 
rivojlantiruvchi mashqlar o'yinchida jismoniy barkamollik va o'yinchi uchun zarur 
bo'lgan harakat ko'nikmalari va malakalarini sayqallash uchun qo'llaniladi. 
Barcha mashqlar o'z yo'nalishiga mos ravishda birlashgan holda 
mashg'ulotning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etib bularga, 
umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik va o'yin tayyorgarligi kiradi. 
Har bir tayyorgarlik turida o'zining etakchi omillari borki, ular yordamida 
ko'zlagan maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-
biri bilan uzviy bog'liq. Misol uchun, agar o'quvchi jismoniy yaxshi 
tayyorlanmagan bo'lsa, u hujumda zarba berish texnik mashqini yaxshi bajara 
olmaydi. Bunday holda o'quvchini jismoniy tomondan chiniqtirish, zarba berish 
usulini ko'p marta takrorlashdan ko'ra foydaliroqdir. Dastlabki o'rgatishda 
bosqichma-bosqich olib borilishi va o'rgatish tamoyiliga asoslanish lozim. 
Birinchi bosqich - o'rganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, 
aytib berish, ko'rsatish va tushuntirish uslublari qo'llaniladi. Murabbiy ko'rsatish 
bilan birga ko'rgazmali qurollardan kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi 
va hokazolardan foydalanadi. Namoyishni tushuntirishlar bilan qo'shib olib borish 
kerak. Murabbiy-o'qituvchining dastlabki urinishlari ularda birlamchi harakat 
sezgisini shakllantiradi. 
Ikkinchi bosqich - texnikani soddalashtirilgan holatda o'rganish. Mazkur 
o'rganish bosqichida muvaffaqiyat ko'p holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning 
to'g'ri tanlanganligiga bog'liqdir. Ular o'zining tuzilishi shakliga ko'ra 
o'rganilayotgan harakat texnikasiga yaqin va o'quvchilar bajara oladigan bo'lishi 
kerak. Murakkab tuzilishga ega bo'lgan harakatlar ya'ni hujum zarbasi uni tashkil 
qiluvchi asosiy zvenolarga qismlarga ajratib beriladi. Bu bosqichda boshqarish 
uslublaridan foydalaniladi buyurish, ko'rsatma berish, ko'rish va eshitish, ko'rib 
ilg'ash, texnik vositalar va hokazolar hamda ko'rgazmali harakatlar murabbiy-
o'qituvchining bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qo'llash, axborot to'pga 
bo'lgan zarba kuchi, tushish aniqligi, yorug'lik yoki ovozni belgilash kabi uslublar 
alohida ahamiyatga ega bo'ladi. 
Uchinchi bosqich - texnikani murakkablashtirilgan sharoitda o'rgatish. Bunda 
quyidagilar qo'llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, 
o'yin va baholash uslubi, qo'shma uslub, aylanma mashqlari. Takrorlash uslubi bu 
bosqichda eng asosiydir. Ko'p marotaba takrorlashgina malakani shakllantiradi. 
Malaka hosil qilish uchun takrorlash turli sharoitlarda mashq bajarishni harakat 
sharoitini o'zgartirishni, asta-sekin murakkablashishni taqazo etadi. Hattoki 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin