MAY 2023 ISSN: 2181-3558 70
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH VOLEYBOL SPORT OʻYINLARINI OʻQITISH METODIKASIDA HARAKAT USLUBLARI VA QOIDALARI Niyazov Askarbay Tolibaеvich Ajiniyaz atindagi NMPIdin "u.u.a Sport panlеri kafеdra basligi" profеssor Niyazova Oliga Yuriеvna Bеrdax atindagi Karakalpak mamlеkеtlik univеrsitеti"Dеnе madеniyati tеoriya xam mеtodikasi kafеdrasi" ulkеn o'qitiushisi Niyazova Aynura Askarbaеvna Ajiniyaz atindagi NMPIdin Dеnе madеniyati fakulitеtti 3 kurs talabasi Annotatsiya. Maqolada yosh voleybolchilarning dastlabki o'rgatishni tashkil
etish va mashg'ulotni mazmuni, vazifalari, vositalari hamda mashg'ulot olib borish
masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: mashgulot, tеxnik tayyorgarlik, dastlabki o'rgatish, tayyorlov,
o'yin malakalari, o'rgatish vositalari, maxsus mashklar, o'rgatish uslublari,
moslama va uskunalar.
Kirish. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida qo'yiladigan asosiy maqsad
-sog'liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor
yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e'tibor
qaratadi. Aksariyat olimlarning ta'kidlashicha, muayyan sport turi bo'yicha
muntazam o'tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan to'g'ri
tashkil qilingan mashg'ulotlar bolalar va o'smirlar organizmiga ijobiy ta'sir
ko'rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada
ixtisoslashtirilgan mashg'ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan.
Binobarin, dastlabki o'rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar
nisbatini to'g'ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish
imkoniyatini yaratadi. Sport o'yinlari ichida voleybol sport turini ham o'z o'rni,
o'ziga hos xususiyatlari mavjud. Voleybolda turli-tuman harakatlar qo'llaniladi:
yurish, yugirish, sakrash, kutilmaganda to'xtalish, epchillik va chaqqonlik, turli hil
harakatlardan iboratdir. Voleybol turida ham boshqa sport turlariga o'xshab
usullarni bajarib jamoadoshlari bilan birgalikda ustunlikga erishishga harakat
qiladilar.Voleybolni tarbiyaviy ahamyati ham juda katta, u o'zaro hamjihatlikni
tarbiyalaydi.Biroq voleybolda ham boshqa jismoniy sifatlar va texnika, taktikani
rivojlantirish shart va shundagina yuqori natijalarga erishish mumkin.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, katta sportni ham rivojlantirishga ahamiyat qaratilmoqda. Xar
yili respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalar otkazilib
yoshlarni sportga qiziqishi ortib bormoqda. Sportchilarimiz Osiyo, Jahon va
Olimpiya musobaqalarida qatnashib yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini
tarannum etib kelmoqdalar. Ushbu muammoni haletish yo'llaridan biri har xil