MAY 2023 ISSN: 2181-3558 67
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH kerakki, ya'ni, ko'ptok noaniq irg'itilgandan kegin xalqaga urilib qaytganida ham
uni o'z nazar doirasida tutishi kerak. Hamda markaziy ikki o'yinchi dastlabki baxs
to'pni tashlayotganda, jarima to'pi otilgandan so'ng to'pni o'zida olib qolish uchun
baxs olib boradi. Oldidagi o'yinni boshqaruvchini ikki yonida yon o'yinchilar
hujum uchun ikki yonni egallaydilar. Bu o'yinchilar yuqori yon o'yinchilar
(KRAY) deb yuritiladi. Bu o'yinchilarning vazifasi o'yinni boshqarayotgan o'yinchi
(yani Razvadayushiy) ga yordam berish hamda,hujumda o'rta maydondan, uch
ochko'li zo'nadan to'pni otishlari va tezlik bilan ikki qadam qilib hujum
uyishtirishlari lozim. Agarda raqib to'pi omatsiz yakunlanib o'z jamoasi tomonidan
egallangan bo'lsa ikki yon tomondagi kray o'yinchilar o'z shiti tomonga tezlik bilan
yugurib shitga to'pni tashlashi va hujumda ko'proq uyishtirishi talab qilinadi.
Basketbo'lda o'yinni boshqaruvchining (razvadashiyning) vazifasi. Ushbu
vazifani bajaruvchi o'yinchi to'pni muntazam olib yurish, zo'naga kirib borish,
Hujum uyushtirishni tashkil qilish, o'yinda boshqaruvchilik, o'z jamoadoshlari
bilan birgalikda hujumni uyushtirgan xolda ochiq turgan jamoadoshiga to'pni
oshirish va xujum qilish xisoblanadi. Asosan razvadayushiy yuqori markazda
o'ynab, boshqarish ishlarini bajaradi. Hujum jamoani asosiy va xal qiluvchi
funksiyasi bo'lib,uni taktik jixatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga
oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o'yin jarayonini foydali natija bilan
yakunlash uchun imkon yaratadi. Bu xolat ko'proq boshqaruvchining zimmasida
bo'ladi.Hujum taktikasi qanchalik serqirra bo'lsa, taktik psixo usullar xajmi ko'p
bo'lsa taktik bilim va ko'nikmalar doirasi keng bo'lsa,qulay va foyda keltiruvchi
usullarni tanlash hamda ularni qo'llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi.
Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo'ladi.
Psixologiyada Individual yondashish yosh sportchini eng muhim omili
xisoblanadi. Individual harakatlarga asosan har bir o'yinchi maydonda kechayotgan
vaziyatni bilishi, uni o'z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo'yilgan taktik vazifa
doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsi (individual) xarakat qobiliyatini
namoyish etishi lozim.
Psixologik tipni aniqlash uchun yosh sportchilarni Ayzenk testi olinadi. Test
insonning pedagogik jismoniy qobilyatlarni aniqlashda qo'l keladi. Temperament
bu odam tug'ilganda qa'bul qilingan narsadur.Xususiyatlar, xulq atvor motivlari va
genetik xususiyatlarga ega bo'lgan ko'nikmalar xisoblanadi. Inson xarakteri tajriba
bilan rivojlanadi. Temperament tipini aniqlash asosida bolaga mashg'ulot
jarayonini to'g'ri tushuntirish, mashg'ulot o'tish bilan yosh sportchi to'g'ri eshitadi,
tushinadi va tez o'zlashtira oladi.
TADQIQOT METODOLOGIYA
Basketbolda ham boshqa ko'pgina o'yinlarda bo'lgani singari sportchining
o'rni beqiyos ahamiyatga egadir. Zamonaviy basketbolda hujum eng o'tkir quroldir.
Ma'lumki, o'yin jarayonida 5 tadan o'yinchi maydonda harakatlanadi.
Basketboldagi individual reaksiya va taktik fikr qilish, maydonda jamoaviy
harakatlanish yosh sportchining psixologik tipiga ham bog'liq. Bunda yosh
sportchilarning qobiliyatlari aniqlanib, hujumda taktik joylashtirilib, maxsus