Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
120 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Yangiyoʻlga olib borganda, uyi va yaqinlarini koʻrsatganda sergap boʻlganidan 
zavqlanganman. A. Rustamiy Navoiy tili boʻyicha ancha ishlar qildi. Nomzodlik, 
doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. “Oʻzbek adabiyoti tarixi”ga 
hammualliflikda maqola yozdik. Hamkorligimizning yoddan chiqmas natijasi — 
rus tilida “История узбекской литературы” uchun mazkur qismni rus tiliga 
oʻgirganimda menga yaqindan yordam qildi. 1957-yildan beri muntazam oʻtkazib 
kelinayotgan Navoiy anjumanlariga Aliybeg kelar edi (1962-yil, 6-konferensiya, 
1964-yil, 8-konferensiya, 1965-yil, 9-konferensiya, 1970-yil, 14-konferensiya, 
1971-yil, 15-konferensiya, 1974-yil, 18 konferensiya va boshqalar)
12
.
Rustamiy ilmiy kitoblar yozishdan tashqari xalqimiz ma’naviyati, o’zligi, 
tobora yo’qolib borayorgan ma’naviy qadriyatlarga ham bee’tibor emasdi. 
Xalqimiz oʻzligini va maʼnaviy qadriyatlarini teran anglab yetishi kerakligini, 
jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini taʼkidlaydi. Olim bu yo’lda ham bir qator 
ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, “Shifo duosi” (1992), “Bismillohning maʼnosi” 
(1993), “Rustamiy tafsiri. Fotiha surasi” (2004), “Hazrat-i Navoiyning eʼtiqodi” 
(2010), “Hazrat-i Navoyiyning “mast-i alast”I” (2012), “Hazrat-i Navoyiyning 
maʼnaviy va suvariy sharoblari” (2013), “Hazrat-i Navoyiyning maʼnaviy olami” 
(2014) kabi risolalar, “Soʻz gavhari. “Basmala”, “til”, “adab”, “odob” soʻzlari” 
(2002), “Hazratning diyonati” (2011), “Masnaviy-i maʼnaviy”dagi “nay”u 
“nayiston”ga Jomiyning sharhi” (2007) kabi maqolalar hamda ukalari Botirbek, 
Karimbek, Saidbek Hasanovlar bilan hamkorlikda tayyorlagan “Alisher Navoiy. 
Arbaʼiyn” (1991, “Husayn Boyqaro” (1991), “Alisher Navoiy. Siroju-l-muslimiyn” 
(1993), “Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1993), “Nuri 
Muhammadiy va Nurnoma” (1996) risolalaridir. Olim keng ilmiy faoliyati bilan 
oʻziga ilmiy maktab yaratgan edi.
Adabiyotshunoslik fani tarixida turli ilmiy maktablar mavjud boʻlib, ularning 
aksariyati oʻsha maktab asoschisi nomi bilan (akademik Konrad maktabi) yoki oʻz 
yoʻnalishi bilan (Struktural poetika maktabi) kabi nomlanadi. Oʻzbek 
adabiyotshunosligida ham Fitratning adabiyotshunoslik maktabi, Xodi Zarif 
folklorshunoslik maktabi mavjud va harakatda boʻlgani har bir mutaxassisga 
maʼlum. Shuningdek, XX asr adabiyotshunosligida ayrim sohalar boʻyicha Izzat 
Sulton nomi bilan bogʻliq nazariya maktabi, Ozod Sharafiddinov tanqidchilik 
maktabi, Gʻulom Karimov va Aziz Qayumov nomlari bilan bogʻliq mumtoz 
adabiyot va manbashunoslik maktablari haqida adabiyotshunoslikka doir 
kitoblarda fikrlar aytilgan, ayrim risola va maqolalar yaratilgan. Biroq Aliybeg 
Rustamiy nomi faqatgina olim yozgan ilmiy asarlardagina aks etib qolmay, balki 
oʻzbek tarixiy tilshunoslik, navoiyshunoslik, manbashunoslik, tarjimashunoslik 
kabi sohalarga taalluqliki, ustozning bu sohalarda yozgan asarlari ilmiy tizimga 
solinadigan boʻlsa, uni bevosita “Akademik Aliybeg Rustamiy maktabi” umumiy 
nomi ostida jamlash mumkin boʻladi. Akademik Aliybeg Rustamiy asarlarining 
12
Alibeg Rustamiy xotirasi: Odamiylik va olimlik fazilatlari mujassam inson/ mas\ul muharrir A.Samad. – 
Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2014. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin