MAY 2023 ISSN: 2181-3558 53
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Tilning grammatikga oid bilimlari deyilganda esa biz tilshunoslik fanining
bo‘limlari: fonetika – tovushlar, leksikalogiya - so‘zlarning lug‘aviy boyligi,
so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya - so‘z shaklari, sintaksis - so‘z
tuzilishi va qurilishi, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid
tushunchalarni egallashi tushuniladi.
Mazkur kompetensiyani rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarda fikr va
mulohazalarini o‘z ona tilida erkin, aniq, qisqa, ravon va tushunarli tarzda bayon
eta olishiga, o‘z nutqida adabiy til normalariga rioya qilgan holda so‘zlash, imlo va
uslubiy xatolarsiz fikr almashishga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida
mazkur kompetensiyalarga ega o‘quvchini tarbiyalash “Ona tili” fanining
zimmasidadir. Biroq amaldagi darsliklarimiz lingvistik bilimdon o‘quvchini qay
darajada tarbiyalamoqda?!
Olima
G.Yusupovaning
“Bo‘lajak
pedagoglarning
lingvistik
kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi”
nomli tadqiqoti natijasida bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanishning tanishuv, ijodiy qism, baholash
bosqichlari, o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash
texnologiyalari aniqlashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin .
Bolalar adabiyoti orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik
kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini yaratish maqsadini amalga oshirish
uchun bir qator vazifalar ishlab chiqildi. Mazkur vazifalar quyidagilar etib
belgilandi:
- ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirish yuzasidan pedagogik va metodik imkoniyatlarni tahlil qilish;
-
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirishning
didaktik
komponentlarini
yaratish,
mavjudlarini
takomillashtirish;
- ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida lingvistik
kompetensiyalarni shakllantirishdagi didaktik jihatlarini belgilash;
-
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirishning ilmiy-metodik taminotini takomillashtirish;
- “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligini tahlil qilish va darslik
mavzularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha metodik adabiyotlar
ishlab chiqish.
Mazkur vazifalarning amaldagi holati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun
xizmat qilsa, o‘quvchilar uchun esa maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashga
yordam beradi. Mazkur tadqiqot natijalari ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi haqida gapirar ekanmiz avvalo,
kompetensiya so‘zining tom ma’nosiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shunday ekan
“Kompetensiya” tushunchasi lotincha “competere” –
mos kelmoq so‘zidan olingan
bo‘lib, “o‘z kasbiga yaroqli, loyiq”degan ma’noni anglatadi.[1] Bundan tashqari
ushbu so‘z keng ma’noda umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni