INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH JISMONIY SALOMATLIK TARBIYASI ZAMIRIDA JADIDLARNING PEDAGOGIK QARASHLARI NAZARIYASI Djabborov Ma’sud Bahriddinovich, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Mustofoyev Shaxzodbek Ikrom o`g`li va Jismoniy madaniyat yo’nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya. maqolada, barkamol avlodni jismoniy tarbiyasiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli,
qat’iyatli va vatanparvarlarni kamol toptirishda jadidlar maktabining ahamiyati
xususida so`z yuritiladi. Shuningdek, agar farzand sog‘lom, oqil, iymon-e’tiqodli
bo‘lsa, ota-onasiga faqat rahmat keltirishiga doir fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar : jadid, pedagogika, ta`lim, fan, o`quv, bilim, metod.
Abstract . in the article, it is impossible to imagine a mature generation
without physical education, the main goal of this education is to talk about the
importance of the modern school in raising physically fit, brave and steady,
determined and patriotic people. It is also believed that if a child is healthy,
intelligent, and religious, he will only bring thanks to his parents.
Key words: modernity, pedagogy, education, science, study, knowledge,
method.
Аннотация. В статье невозможно представить здоровое поколение без
физического воспитания, основная цель этого воспитания - рассказать о
значении современной школы в воспитании физически крепких, смелых и
настойчивых, решительных и патриотичных людей. Также считается, что
если ребенок здоров, умен и религиозен, он принесет родителям только
благодарность.
Ключевые слова: современность, педагогика, образование, наука,
изучение, знание, метод.
Kirish. Jismoniy salomatlilik tarbiya tizimida muhim o‘rinni egallaydi va
boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jadidshunos olim Fitrat bolalarning
jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar katta o‘rin tutishini, ota-onalarga o‘z
bolalarining shunday o‘yinlar bilan mashg‘ul bo'lishlarini ta’min etishlarini
maslahat beradi: “Harakat har bir kishi uchun, ayniqsa bolalar uchun zarurdir.
Shuning uchun bolalani jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o‘yinlar bilan
mashg‘ul qilish foydalidir. Bolalarni o‘yindan man etishning foydasi yo‘qdir.
Ularning doimo bir joyda o‘tirishlari, harakat qilmasliklari ularni badanlarini zaif
bo‘lishlariga olib keladi.
Ota-onalar doim o‘z bolalarini o‘yinga tashviq va targ‘ib qilishlari lozimdir.
Ammo bolalarning o‘yinlari odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak”.
Fitrat bu harakatli o‘yinlar bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va to‘g‘ri