12-rasm.
Obyektlar ustida esa yana murakkabroq faqat Corel Draw dasturiga xos ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlarni bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «Uskunalar paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi o`zi tanlaydi qaysi usuldan unga foydalanish qulay. Biz ham faqat ayrim, ommabop usullarini sanab ko`rsatib o`tamiz.
Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib o`tganimizdek, oynaning o`ng qismida joylashgan «Uskunalar paneli» foydalaniladi. (1-rasm)
«Uskunalar paneli»da joylashgan uskunalarga o`tamiz. Chunki bu uskunalar nafaqat obyekt yaratadilar, yoki obyektga ichki va tashqi rang beradilar, balki bu uskunalarning qushimcha imkoniyatlaridan foydalanib biz belgilangan obyektlar ustida har xil bajarish imkoniga ega bo`lamiz.
«Uskunalar paneli» quyidagilar uskunalardan iborat:
1. (Pick Tool)-obyektni belgilash.
2. (Shape Tool-F10)-obyekt ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beradi (qirqib olish, o`chirish, siqish). Bu tugma qo`shimcha tugmalardan iborat. (SHu tugma ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa shu buyruqlar chiqadi, keraklisi tanlab olinadi. Ichida keraklisi tanlab olinadi. «Uskunalar qatori»da joylashgan ayrim tugmalar shu imkoniyatga ega.)
3. (Zoom)-masshtabni o`zgartirish imkonini beradi. Bu tugma vizifasi va imkoniyatlari to`g’risida, mavzumizning yuqori qismida aytib o`tkan edik.
Lekin bu tugmaning yana bir qo`shimcha vazifasi bor, ya’ni 2-dagi ishlar bajarilib, tugma tanlansa, bu tugma bizga sahifani ekran bo`yicha joylashishini o`zgartirish imkonini beradi. (chap tugma bosiq turilgan holda)
4. (Freehand Tool)-Ixtiyoriy chiziq chizish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat, ya’ni: ,bu tugmalarning o`zining yakka vazifasiga ega, lekin ularning barchasi qaysidir bir ko`rinishdagi egri chiziq chizish imkonini.
(Rectangle Tool-F6)-to`rt burchak chizish imkonini beradi.
(Ellipse Tool-F7)-ellips, aylana chizish imkonini beradi.
(Polygon Tool)-ko`pburchaklar, jadvallar chizish imkonini beradi. Bu tugma qo`shimcha tugmalardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |