Coriolis effect Gidravlik yo’qotish haqida tushuncha Gidravlik yo’qotishning turlari


Gidravlik yo’qotish haqida tushuncha. Gidravlik yo’qotishning turlari



Yüklə 77,04 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü77,04 Kb.
#196426
1   2   3   4
gidravlika 3

Gidravlik yo’qotish haqida tushuncha. Gidravlik yo’qotishning turlari

Real suyuqliklarda ikki kesim orasida energiya yo’qotilishini N1-2 bilan belgiladik. Bu yo’qotish suyuqliklardagi qovushqoqlik kuchi hisobiga bo’ladi, ya’ni u shu kuchni engishga sarf bo’ladi.

Truboprovodlardagi harakatni tekshirganimizda masala asosan ishqalanish kuchini engish uchun sarf bo’lgan yo’qotishni hisoblashga keladi. Bu holda trubaning 1-1 va 2-2 kesimlarining sirti teng bo’lgani uchun tezliklari ham teng bo’ladi, ya’ni harakat tekis bo’ladi. 1-1 va 2-2 kesimlar orasidagi suyuqlik ustuniga ta’sir qiluvchi kuchlar:

1) R1=r1S va R2=r2S - bosim kuchlari;

2) G=Sl - og’irlik kuchi;

3) T=Dl - ishqalanish kuchidir.

1-1 va 2-2 kesimlar orasidagi suyuqlikning muvozanat holati tenglamasi unga ta’sir qilayotgan kuchlar orqali quyidagicha yoziladi:

R1-R2+Gsin- T=0

sin=ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi tenglama quyidagi ko’rinishga keladi:



r1S-r2S+Sl+Dl=0

Bundan tekis harakat uchun Bernulli tenglamasi kelib chiqadi.

Bu tenglamani (3.48) tenglama bilan solishtirsak va uni tekis harakat (v1=v2) uchun qo’llasak, gidravlik yo’qotish uchun quyidagi munosabatni olamiz:

h1-2= (3.56)

bu erda l - oqim uzunligi; D - truba diametri. Gidravlik yo’qotish, odatda, ikki turga ajratiladi:

1.15-rasm. Gidravlik yo’qotish tushunchasiga doir


1. Uzunlik bo’yicha (ishqalanish kuchiga sarf bo’lgan) yo’qotish oqim uzunligi bo’yicha harakat hisobiga vujudga keladi va uning uzunligiga bog’liq bo’ladi. Bu yo’qotish (3.56) formula ko’rinishida ifodalanadi.

2. Mahalliy qarshilik oqimning ayrim qismlarida notekis harakat hisobiga vujudga keladi. Notekis harakatni vujudga keltiruvchi qismlar truba yoki o’zanning kesim shakllari, o’zgargan joylari (tirsaklar, to’qichlar, keskin kengayishlar, keskin torayishlar, kranlar va ‘.) bo’lib, bu erdagi gidravlik yo’qotish uzunlikka bog’liq emas.

Umumiy gidravlik yo’qotish bu ikki yo’qotishning yig’indisiga teng



Nn = NN(3.57)

bu erda Nl - uzunlik bo’yicha yo’qotish; Nm-mahalliy qarshilik.

Gidravlik yo’qotish suyuqlikning kinetik energiyasiga bog’liq bo’lib, energiya ortishi bilan ortadi, kamayishi bilan esa kamayadi. SHuning uchun gidravlik yo’qotishni suyuqlik kinetik energiyasiga proporsional qilib olinadi.



Yüklə 77,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin