30
chiqariluvchi, tabiiy aromatik birikmalarga o‘xshash aromatik moddalar; taabiiy
insektidsidlarga yaqin bo‘lgan sintetik piretroidlar va hokazolar.
Kimyoviy mahsulotlarning alohida guruhini radioaktiv moddalar tashkil etadi.
Bu kimyoviy element yoki ularning birikmalarining yemirilishi natijasida
ionlashgan nurlanish hosil bo‘lib, u kuchli biologik ta‘sir etadi. Nurlanish miqdori
birligi nurlanishning biologik ta‘siriga mos ravishda
ber
(biologicheskiy ekvivalent
rentgena – rentgen biologik ekvivalenti, 1ber = 0,01J/kg) da o‘lchanadi. Kimyoviy
ta‘sir uchun bunday o‘lchov birligi mavjud emas.
Tadqiqoqtlar natijasiga ko‘ra kimyoviy moddalarning ko‘pchiligi inson
sog‘ligi uchun zararli bo‘lib, ularning konsentratsiyasi oshganda tirik
organizmlarga ziyon yetkazishi mumkin. Bunday kimyoviy mahsulotlarga og‘ir
metallar birikmalari, dioksinlar, dibenzofuranlar, benzatratsenlar, mikotoksinlar ,
naftilaminlar va nitrozoaminlar misol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: