D. A. Shadibekova



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
xizmatar sohasi darslik

 
 
 
13
Қ.Ғ.Бердиқулов
 
Замонавий жамиятда хизматлар соҳасининг ўрни қандай?


21 
1.4. Xizmat ko„rsatish sohasining o„ziga xos xususiyatlari 
Xizmat ko‗rsatish sohasi (iqtisodiy munosabatlarda) o‗ziga xos xususiyatlarga 
ega. Ularni quyidagilarda ko‗rish mumkin:
- moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi sohadan (sanoat, qishloq xo‗jaligi va 
boshqalardan) o‗zining yo‗nalishi bilan farq qiladi. Bu soha faoliyati inson hayoti 
uchun ijtimoiy sharoitlar hamda korxona(tashkilot, muassasalar) faoliyatining 
uzluksiz davom etishiga qo‗layliklar yaratishga qaratilgan; 
- xizmat ko‗rsatish sohasidagi mehnat ishlab chiqarishdagi mehnatdan tubdan 
farq qiladi. Soha xizmatchisi mehnati jismoniy va yuridik shaxslar ehtiyoj 
(talab)lariga bog‗liq bo‗lib, unda faoliyat yuritayotgan xizmatchilardan fidoyilikni 
talab qiladi; 
- sohada tabiiy omil ishlab chiqarishdagidek muhim emas; 
- xizmat ko‗rsatish sohasi nisbatan kamroq mexanizatsiyalashtiriladi va 
avtomatlashtiriladi; 
- soha xizmati iste‘mol uchun xizmat qiladi; 
- xizmat ko‗rsatish sohasi tarmoqlari (jumladan, ta‘lim va sog‗liqni saqlash 
muassasalari) mamlakatning barcha hududlarida joylashgan. Boshqa soha 
tarmoqlari bunday xususiyatga ega emas; 
- xizmat ko‗rsatish sohasining ayrim tarmoqlarini moliyalashtirish ikki 
usulda: smeta va budjetdan tashqari mablag‗lar asosida amalga oshiriladi; 
- soha xizmatchilariga maosh berishni tashkillashtirishning o‗z xususiyatlari 
mavjud. 
Sohaning yana bir ustun jihatlaridan biri unda resurs manbalari asosan inson 
mehnati bilan bog‗liqligi. Ya‘ni, ishlab chiqarishda deyarli 60-65 foizdan ko‗proq 
tabiiy resusrlardan (xom ashyo va materiallardan) foydalanilsa, xizmat ko‗rsatish 
sohasida bunday resurslar kam ishlatiladi. Sohada nisbatan kam material 
harajatlardan foydalanilib, ko‗proq xizmat ko‗rsatiladi. 
Xizmat ko‗rsatish sohasida moddiy resurslar joriy xarajatning moddiy 
elementlarini o‗z ichiga oladi. Ularga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishlab 


22 
chiqarilgan mahsulotlar (kitoblar, oziq.-ovqatlar, darsliklar), elektr energiya, 
yoqilg‗i, butlovchi qismlar va boshqalar kiradi. Xizmat ko‗rsatish sohasi moddiy 
texnik bazasining asosini ─ uzoq muddatli aktivlar tashkil etadi. Bularga binolar, 
qurilishlar, transport vositalari, asbob-uskunalar va hokazolar kiradi. Moddiy 
texnik bazaning rivoji albatta yuqoridagi elementlarning o‗zgarishiga bog‗liq. Shu 
nuqtai nazardan soha moddiy-texnika bazasi rivojlanishining quyidagi asosiy 
yo‗nalishlarini qayd etish mumkin: 
- soha tarmoqlarini kengaytirish va xodimlarni kerakli asbob uskunalar, 
iste‘molchilarni esa zarur ehtiyoj predmetlari bilan ta‘minlash; 
- iste‘molchilarga qo‗shimcha shart-sharoitlar yaratish (maktablarda har bir 
o‗quvchi uchun belgilangan o‗rin soni, shifoxonada bemorlar uchun joy, xizmat 
o‗rinlarini yaxshilash va hokazo); 
- xizmat turlari moddiy resurslarini boyitish (diagnostik-davolash uskunalari, 
video texnika, kompyuterlar bilan ta‘minlash); 
- jonli mehnat xizmat turi harajatlarini kamaytirish. 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‗rsatish sohasi 
tarmoqlarining vazifalari quyidagicha: 
- xizmat ko‗rsatish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 
darajasini oshirish orqali sohani yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish; 
- respublika milliy xususiyatini hisobga olganda xizmat ko‗rsatish sohasiga 
tegishli bo‗lgan muassasalarni qishloq joylarida yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish 
va buning natijasida qishloq va shahar aholisining turmush darajasidagi bo‗lgan 
farqni kamaytirish; 
- aholiga 
ko‗rsatilayotgan umumiy xizmatlarda imtiyozlar asosida 
ko‗rsatiladigan xizmatlar ulushini oshirish (ta‘lim va sog‗liqni saqlash tarmoqlari 
xodimlariga hamda pensionerlarga ko‗rsatiladigan ayrim maishiy xizmatlar va 
hokazo); 
- soha tarmoqlariga milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida band bo‗lgan 
mehnat resurslarni jalb qilish va ularga o‗z salohiyatlaridan to‗liq foydalanishga 
imkon berish; 


23 
- milliy iqtisodiyotning barcha sohalari uchun zarur bo‗lgan yuqori malakali 
kadrlarni yetkazib berish; 
- aholining bo‗sh vaqtini ko‗paytirishga va shu vaqtdan oqilona foydalanishga 
sharoit tug‗dirish. 
Хizmаt (хizmаt ko‘rsаtish) хususiyаtlаri - bu хizmаtning (хizmаt 
ko‘rsаtishning) 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin