D. A. Shadibekova


 O„zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo‟llab-quvvatlashni



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
xizmatar sohasi darslik

3.5. O„zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo‟llab-quvvatlashni 
takomillashtirish yo‟nalishlari 
Bugungi kunda xizmat sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltiribgina qolmmasdan, axoli farovonligini ta‘minlashda ham 
muxim ahamiyat kasb etishini 1-bobda ko‗rib chiqgan edik. Axoli
daromadlarining mazmuni va tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan
o‗zgardi. Chunki, oldin daromadi asosan mehnat daromadidan tarkib topgan
bo‗lsa, endilikda bu manba etarli bo‗lmasdan qoldi. Shu tufayli, har bir oila 
endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishini xayotning o‗zi taqozo etadi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida biznes korxonalari xisasini 
oshirishga ko‗plab shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsabu O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojjatmoasida 
«xususiy tarmoqning jadal rivojlanishi, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini 
ko‗payishini ta‘minlaydi» – deb ta‘kidlaydi. 
Ushbu yig‗ilishda kichik biznes sub‘ektlari uchun keng imkoniyatlar yaratish 
maksadida, bu sohadagi eng muxim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilab 
qo‘yildi: 
1. Davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada 
ko‗proq cheklash. 
2. Xo‗jalik sub‘ektlariga nisbatan qo‗llaniladigan jazo choralari tizimini to‗liq 
qayta ko‗rib chiqish. Qasddan sodir etilmagan va katta bo‗lmagan qoidabuzarliklar 


129 
uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkorlar etkazilgan zararni ixtiyoriy 
ravishda to‗liq qoplagan hollarda jazoni qo‗llashdan voz kechish kerak.
3. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o‗z maxsulotini
sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo‗yicha boshlangan 
ishlarni davom ettirish, birja va auktsion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi 
va xajmini 
kengaytirishga qaratilgan qat‘iy 
chora-tadbirlar ko‗rish, 
markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga bo‗lgan har qanday o‗rinishlarga 
barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
4. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shubhasiz, bu sohaga moliyaviy 
ko‗mak, qo‗shimcha soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berishni taqozo etadi. Bu 
yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi orqali, ishlab chiqarish korxonalariga 
foiz stavkalari uncha yuqori bo‗lmagan kreditlar ajratish yo‘li bilan amalga 
oshirish mumkin. Mikrokreditlash tizimini kengaytirish, bu ishni Xalqaro moliya 
korporatsiyasi, Jaxon banki, Osiyo banki kabi xalqaro moliya tashkilotlari 
yordamida amalga oshirish talab etiladi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan ham qo‗llab-
quvvatlanyapti. Shu maqsadda vazirlik va idoralarga kichik biznes uchun 
qo‗shimcha kafolat va imtiyozlar berish bo‗yicha xukumat qarorlari loyixasini 
tayorlash vazifasi topshiriladi. Bunda quyidagi masalalar ko‗zda tutilishi zarurligi 
ta‘kidlangan: 
1. Soliqqa tortish tizimida qo‗shimcha imtiyozlar va proferentsiyalar berish, 
soliq qonunchiligining barqarorligini ta‘minlash, soliqlarni xisoblash va 
to‗lashning oshkora, soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish. 
2. Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‗ullanish uchun ruxsat berish 
tartiblarini qisqartirish va soddalashtirish, kichik biznesni ariza berish asosida 
ro‗yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 
3. Yirik korxonalarning buyurtmalari asosida mayda butlovchi qismlarni 
ishlab chiqarish bilan shug‗ullanadigan yangi korxonalar tashkil etish, 
xonadonlarda mayda xususiy tsexlar ochishni rag‗batlantirish. 


130 
4. Kichik korxonalarda ishlaydigan, ayniqsa, qishloq joylarda kasanachilik 
bilan shug‗ullanadigan fuqarolar uchun moddiy-texnik ta‘minot bo‗yicha xizmat 
ko‗rsatadigan va ular tomonidan tayorlangan maxsulotlarni sotishga 
ko‗maklashadigan tuzilmalar yaratish. Xizmat sohasida tadbirkorlikning 
rivojlanishi uchun yana bir muhim tadbirlardan biri, ularga soliq imtiyozlarining
berilishi bo‗ldi.
Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo‗llab-quvvatlashda bozor 
infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini 
yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi 
jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega.
Bozor infratuzilmasini yaratish, tadbirkorlarni o‗qitish, imtiyozlar berish, 
tadbirkorlik sub‘ektlarini ro‗yxatga olishning huquqiy asosini takomillashtirish va 
ularning faoliyatiga aralashishni cheklash kabilar davlat tomonidan xususiy 
tadbirkorlikni rag‗batlantirish bo‗yicha ko‗rilayotgan choralarning faqat bir 
qismidir.
Respublikada, xususan, viloyatda tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay 
sharoitlarning yaratilganligi quyidagilar bilan izohlanadi: 
1) Turli rivojlangan bozor infratuzilmalari faoliyat ko‗rsatmoqda: Respublika 
tovar–xomashyo birjasi, Agrosanoatbirja, Ko‗chmas mulk birjasi, dehqon va 
fermer xo‗jaliklarini qo‗llab–quvvatlash fondi, sug‗urta agentliklari, tadbirkorlik 
sub‘ktlariga 
konsalting, 
auditorlik 
va 
axborot 
xizmati 
ko‗rsatuvchi 
«Konsauditinform» agentligi, muhandislik va lizing firmalari, kadrlar tayorlash 
markazi, kichik ulgurji do‗konlar tarmog‗i va boshqalar. 
2) Chet el kredit yo‗nalishlari ochildi va ularni o‗zlashtirish yo‗lga qo‗yildi. 
3) 2002 yilda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to‗g‗risida»gi qonun yakka 
va oilaviy tadbirkorlik sub‘ektlarini bankdan tashqari kreditlash faoliyatini 
kengaytirishga imkon yaratdi.
4) Xizmat sohasi tadbirkorlik sub‘ektlariga bir qator imtiyozlar berildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvarda «Yirik sanoat 
korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va 


131 
xizmatlar o‗rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‗batlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida» gi Farmoni va «Kasanachilik to‗g‗risida Nizom»ga ko‗ra, kasanachilar 
ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqalar 
tayinlash huquqi ta‘minlanadi. 
5) Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun 
ro‗yxatdan o‗tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 
qaroriga binoan tadbirkorlik sub‘ektlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va 
tadbirkorlik 
faoliyati 
yuritish 
uchun 
ruxsatnomalar 
rasmiylashtirishning 
soddalashtirilgan mexanizmlari joriy etildi. 
6) Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta 
o‗qitish, malaka oshirish tizimining rivojlanishini ta‘minlaydi. 
7) Tadbirkorlar faoliyatiga g‗ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishda 
hokimiyatlarda, vakolatli vazirlik va tashkilotlarda o‗rnatilgan ―Ishonch 
telefonlari‖ hamda tadbirkorlik sub‘ektlari ro‗yxatga olingan vaqtida beriluvchi 
―tekshirishlarni qayd etish daftari‖ ijobiy rol o‗ynaydi. 
Bu imkoniyatlar esa har bir tadbirkor uchun keng sharoitlar yaratilganligidan 
dalolatdir. Shu bilan birga aytib o‗tish kerakki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga 
solish hamda rag‗batlantirish sohasida hali ko‗p ishlarni amalga oshirish zarur. 
Tadbirkorlikni yuritishda teng bo‗lgan imkoniyatlar, to‗siqlar xaligacha saqlanib 
turibdi. Bu muammolarning hal etilishi davlatning tartibga solish bo‗yicha 
funksiyalarini sezilarli darajada qisqartirishni ko‗zda tutadi. 
Bizning hisob kitoblar bo‗yicha O‗zbekistonda 7,2 mln. oila mavjud. 
Shulardan 4,1 millioni qishloq hududlarida joylashgan. Hozirgi paytda 
qishloqlarda ham tadbirkorlik bilan shug‗ullanish uchun sharoit yetarli. 
Zero, uning qonuniy asosi yaratildi. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: ―2025-
yilgacha bo‗lgan davrda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini, birinchi navbatda, 
qishloq joylarda rivojlantirish‖ lozimdir. Xizmat soxasini rivojlantirish orqali 
qishloq xo‗jaligida o‗tkazilayotgan islohotlar bir muncha tezlashadi. 
Bunday chora-tadbirlar tadbirkorlikning rivojiga xam yordam beradi, 
daromadlarni oshirish va oilalar turmush darajasini tezroq yaxshilanishiga olib 


132 
keladi. Shu tufayli, xizmatlar soxasini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz 
uchun o‗ta muhim tadbir ekanlini idrok qilishimiz va unga tegishli e‘tibor 
qaratishimiz zarur.
Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo‗llab-quvvatlash tizimlarini tahlil 
qilish quyidagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi: 
- infratuzilma rivojlanmagan qishloq joylarda ayollarga oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish bo‗yicha resurs imkoniyatlarni 
aniqlash; 
- yirik sanoat korxonalari tomonidan uyda bajariladigan ishlar va xizmatlarga 
buyurtma berish hisobiga uy mehnati ishchi o‗rinlarini yaratish parametrlarini 
aniqlash. 
Jahon tajribasining ko‗rsatishicha, barqaror iqtisodiy o‗sishga ega bo‗lgan 
ko‗plab davlatlarda xizmat ko‗rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan 
kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag‗batlantirish va quvvatlash, 
intensiv omillar va mehnat unumdorligining o‗sishi hisobiga xizmat ko‗rsatish 
tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi. 
Xizmat ko‘rsatish soxasining yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq: 
- Respublikaning olis tumanlarida, borish qiyin va ish topishga talab haddan 
ortiq ko‗p bo‗lgan qishloq punktlari aholisiga har qanday xizmat ko‗rsatayotgan 
tadbirkorlarga 3-5 yilgacha soliqlarning bir qismi yoki barchasidan ozod qilish. Bu 
tadbirkorlarning o‗z mablag‗lari bilan xizmat ko‘rsatish yoki boshqa faoliyat 
turlarini kengaytirish imkonini beradi.
Soliqdan imtiyozlar berish hozirgi davrda juda muximdir. Chunki, ko‗pchilik 
tadbirkorlar bozor qonuniyatlariga ko‗nikma hosil qilmaganlar. Bu holat, albatta 
tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shu tufayli, xizmat soxasida 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchilarga soliq stavkasini pasaytirish 
hamda, byudjetdan tashqari jamg‗armalarga to‗lanadigan majburiy ajratmalarni 
kamaytirish lozim; 


133 
- Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlarini to‗g‗ridan to‗g‗ri moliyalashtirish 
va engil shartlar bilan kredit va qaytimsiz grantlar berish; 
- Ish bilan bandlikni ta‘minlash maqsadida yirik sanoat korxonalari 
o‗rtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar (kasanachilik) bo‘yicha hamkorlikka 
yanada keng sharoitlar yaratish;
- Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlariga axborot maslahatlarini berishda 
ko‗maklashish; 
- Xizmat soxasi tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayorlash va ularning 
malakasini oshirish. 
Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizda xizmat 
soxasini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‗llab – quvvatlash mexanizmini 
yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu borada xorijiy ilg‗or tajribaga 
respublikaning o‗ziga xos milliy xususiyatlari hisobga olinib yondashilsa 
maqsadga muvofiqdir. 
Amalga oshirilgan tadqiqotlarimizda Respublikada xizmatlar sohasini 
rivilantirishning kelgusi istiqbollari haqida so‘z yuritdik hamda buni amalga 
oshirish uchun amaliy tavsiyalar berishga harakat qildik. Izlanishlar natijasida bir 
qancha xulosalarga ega bo‘ldik. Xususan: 
- Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo‗llab-quvvatlashda bozor 
infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini 
yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi 
jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega.
- Jahon tajribasining ko‗rsatishicha, barqaror iqtisodiy o‗sishga ega bo‗lgan 
ko‗plab davlatlarda xizmat ko‗rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan 
kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag‗batlantirish va quvvatlash, 
intensiv omillar va mehnat unumdorligining o‗sishi hisobiga xizmat ko‗rsatish 
tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi. 
- xizmatlar eksporti tovarlar eksportiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. 
Buning asosiy sababi, xizmatlar ko‘rsatishga katta capital qo‘yilmalarning talab 
etilmasligidir. 


134 
ХULОSА
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish 
doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida quyidagi 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin