D. A. Shadibekova



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
xizmatar sohasi darslik

3.3.1-jadval 
 
O‟zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida eksport turlari 
(2017 yil)
mln. AQSh 
dollari 
o`tgan yilga 
nisbatan foizda 
umumiy hajmga 
nisbatan foizda 
Jami eksport 
13953,8 
115,4 
100 
 paxta tolasi 
477 
74,8 
3,4 
 oziq-ovqat mahsulotlari 
875,8 
126,1 
6,3 
 kimyo mahsulotlari va undan 
tayyorlangan buyumlar 
883,3 
105 
6,3 
 energiya manbaalari va neft 
mahsulotlari 
1980,1 
115,5 
14,2 
 qora va rangli metallar 
917,5 
129,5 
6,6 
 mashina va asbob-uskunalar 
353,3 
160,1 
2,5 
 xizmatlar 
3505,7 
112,3 
25,1 
 boshqalar 
4961,1 
119,3 
35,6 
 
Manbaa: 
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan 
ishlab chiqildi.
 
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim Sh.Sh.Shodmonovning fikricha, xizmatlar 
eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. U chet el valyutalari hisobiga chet ellik 
iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lib, uning bir qismi milliy 
chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, 


118 
telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko‘rsatish va 
hokazo). 
3.3.1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 2017-yil mobaynida ekport qilinigan 
mahsulot turlari bo‘yicha xizmatlar 2-o‘rinda turibti va bu ushbu sohaning 
rivojlantirilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun naqadar keng imkoniyatlar yaratib 
berishidan dalolat beradi. 
Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, mintaqada xizmatlar eksportini rivojlantirishni 
maqsad qilar ekanmiz, avvalo, eksport qilinadigan xizmat turlarini chuqur 
o‘rganishishimiz lozim. 
Rossiyalik tadqiqotchi Ye.M.Denisovaning fikricha eksport xizmatlari tarkibi 
ikkiga bo‘linadi: 
asosiy va qo’shimcha eksport
xizmatlari. 
1. Аsosiy eksport xizmatlari xalqaro bozorda iste‘molchi talabini nomoddiy 
ko‘rinishda qondiruvchi xizmatlardir: 
- ilmiy-texnika sohasidagi almashinuv (patent, litsenziya, ―nou-xau‖ 
shaklidagi savdo); 
- texnik xizmatlar almashinuvi (konsultativ va qurilish-injiniring); 
- ijara xizmatlari (asosan lizing); 
- turizm xizmatlari; 
- informatsion va boshqaruv sohasidagi konsultativ xizmatlari; 
- kinofilm va teleko‘rsatuvlar almashinuvi. 
2. Qo‘shimcha eksport xizmatlari xalqaro savdoda tovarlar oldi-sotdisi 
jarayonida yuzaga keladigan iste‘molchi talabini moddiy ko‘rinishda qondiruvchi 
xizmatlardir: 
- xalqaro yuk tashish; 
- transport-ekspeditorlik xizmati; 
- yuklarni sug‘urta qilish; 
- xalqaro yuk tashishda yuklarni saqlash; 
- xalqaro hisob-kitoblar. 
Respublikamiz xizmatlar ishlab chuqarish va eksport qilish bo‘yicha katta 
salohiyatga ega ekanligiga qaramasdan, bugungi kunda bu salohiyatdan to‘liq 


119 
foydalanilmayapti. Fikrimizcha, bu muammoni bartaraf etish uchun va iqtiqbolda 
xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun tashqi bozorda xizmat ko‘rsatishning 
xususiyatlarini e‘tiborga olishi zarur. Xizmatlar eksportini rivojlantirishda mintaqa 
hususiyatlaridan kelib chiqish lozim, ya‘ni har bir viloyatimizda mavjud 
imkoniyatlardan kelib chiqgan holda hudud uchun maxsus yo;l xaritasi ishlab 
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ta‘kidlash joizki, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari xalqaro bozorda 
turizm 
xizmatlarining 
raqobatbardoshligi 
bilan 
ajralib 
turadi. 
Ushbu 
imkoniyatlardan oqilona va to‘liq foydalanishni ta‘minlash maqsadida mavjud 
infratuzilmani tubdan takomilashtirishga alohida e‘tibor qaratish zarur. 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo 
viloyatlarida hamda vodiy hududlarida ham maxsus turistik markazlarni tashkil 
etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin