Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü22,92 Kb.
#204205
  1   2   3   4
Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari-fayllar.org


Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari

Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari


  1. Mantiqiy modellar.


  1. To‘rli modellar.


  2. Mahsuliy(produktsionnыe) modellar.


  3. Stsenariylar.


  4. Intellektual interfeys.


  5. Tushunish darajalarining klassifikatsiyasi.


Tayanch iboralar: predmet soha, mazmun(mohiyat), mulohaza(fikr), predikatlar hisobi, mantiqiy modellar, to‘rli modellar, semantik modellar, maxsuliy modellar denotativ semantika, konnotativ semantika, denotat, maxsulotning oldingi sharti, stsenariy, metatushunish, lokutsiya, illokutsiya, perlokutsiya.
1. Mantiqiy modellar
Har qanday masalaning qo‘yilishi va yechimi har doim uning mos predmet sohaga mos kelishi bilan bog‘liq. Metall kesuvchi stanokning detallarni qayta ishlash jadvalini tuzish masalasini yechar ekanmiz, biz predmet sohaga stanoklar, detallar, vaqt oralig‘i kabi bir qancha ob’ektlarni va «stanok», «detall», «stanok turi» kabi umumiy tushunchalarni jalb qilamiz. Masalani yechish uchun kerak bo‘ladigan axborotlarni tushunishning umumiy asosini tashkil etadigan barcha predmet va hodisalar predmet soha deyiladi. Mazmunan predmet soha real va abstrakt ob’ektlardan tashkil topgan mohiyatni ifodalaydi. Predmet sohaning mohiyati bir-biri bilan muayyan munosabatda turadi. Mohiyatlar orasida o‘xshash munosabatlar kuzatiladi. Bunga o‘xshash mohiyatlarning majmuasi predmet sohaning yangi mohiyati hisoblangan mohiyatlar sinfini tashkil etadi.
Mohiyatlar orasidagi munosabatlar mulohazalar yordamida ifodalanadi. Mulohaza - ko‘rsatilgan mohiyatlarda o‘ringa ega bo‘lgan yoki bo‘lmagan xayoliy mumkin bo‘lgan vaziyat. Tilda (formal yoki tabiiy) mulohazalarga gaplar javob beradi. Mulohaza va gapni ham mohiyat deb qarash va uni predmet sohaga qo‘shish mumkin. 
Predmet sohalarni tavsiflash uchun mo‘ljallangan tillar bilimlarni tasvirlash tillari deyiladi. Tabiiy til bilimlarni tasvirlashning universal tili hisoblanadi. Lekin tabiiy tilni mashinada bilimlarni tasvirash uchun qo‘llashda ularning nomuntazamligi, ikkima’noliligi va h.k. ko‘ra ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Asosiy to‘siq tabiiy tilda formal semantikaning mavjud emasligidadir. Matematik bilimlarni tasvirlashda matematik mantiqda qadimdan mantiqiy formalizmlardan - asosan aniq formal semantika va operatsion ko‘makka ega predikatlar hisobidan foydalaniladi. SHuning uchun prdikatlar hisobi birinchi mantiqiy til bo‘lgan. Bu tilni amaliy masalalarni yechish bilan bog‘liq bo‘lgan predmet sohani formal tavsiflashda ishlatishgan.
Mantiqiy tillarda bajarilgan predmet sohalarni tavsiflash mantiqiy modellar deyiladi.

Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin