Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü22,92 Kb.
#204205
1   2   3   4
Sun’iy intellekt masalalarini yechish modellari-fayllar.org

2. To‘rli modellar
Bir qancha ta’riflarni kiritamiz. Mohiyat deganda ixtiyoriy tabiatga ega bo‘lgan ob’ektni tushunamiz. Bu ob’ekt real olamda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu holda u P-mohiyat deb ataladi. Bilimlar bazasida unga qandaydir tavsif mos keladi. Bu tavsifning to‘liqligi P-mohiyat haqida intellektual tizim ega bo‘lgan axborot bilan aniqlanadi. Bunday tasvirlash bilimlar bazasida M-mohiyat deyiladi. SHuni ta’kidlash joizki, shunday M-mohiyat mavjud bo‘lishi mumkinki, unga mos P-mohiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday M-mohiyatlar bilimlar bazasi ichida umumlashtirish amallariga o‘xshash amallar yordamida hosil qilingan abstrakt ob’ektlarni o‘zida ifodalaydi. 
Mohiyatlarni ikki qismga ajratish birinchi marta semioptik modellarda shakllangan va ularga asoslangan vaziyatli boshqarish g‘oyalarini to‘rli modellarda qo‘llashga imkon beradi. Muammoli sohaning semioptik modeli deganda bilimlar bazasida P-mohiyatlar va ular orasidagi bog‘lanishlarni tosvirlash imkonini beradigan protseduralar kompleksi tushuniladi. O‘zaro bog‘langan P-mohiyatlarni interpretatsiya qilish usuli denotativ semantika, o‘zaro bog‘langan M-mohiyatlarni interpretatsiya qilish usuli konnotativ semantika deyiladi. P-mohiyat bilimlar bazasidagi unga mos M-mohiyatga nisbatan M-mohiyatning denotati yoki referenti deyiladi, M-mohiyat esa P-mohiyatga nisbatan uning degistanti, nomi, nishoni, identifikatori va sh.k. deyiladi. Degistant to‘rli modeldagi oddiyroq element. U to‘rli modeldagi terminal ob’ektlar sinfiga kiradi. Terminal ob’ekt deb oddiyroq mohiyatlarga ajratib bo‘lmaydigan M-mohiyatga aytiladi. Qolgan M-mohiyatlar xosilaviy ob’ektlar yoki xosilaviy M-mohiyatlar deyiladi. Sinf yoki turlarni tashkil etadigan terminal ob’ektlar ro‘yxati intellektual tizimlarni tashkil etishda beriladi. Ular butun, haqiqiy sonlar, identifikatorlar, satrlar, ro‘yxatlar va h.k. bo‘lishi mumkin. Terminal ob’ektlarning semantikasi ular bilan ishlatiladigan mumkin bo‘lgan protseduralar to‘plami bilan aniqlanadi. Masalan: sonlar ustida arifmetik amallar bajarish, satrlar yoki identifikatorlarni o‘zaro taqqoslash, kiritish-chiqarish amallari va h.k.

Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin