Pedagog-tarbiyachi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya beruvchi shaxs. Ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Jamoa
Yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.
Tarbiya
Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Shaxs
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Insonparvarlik
Insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to‘g‘risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxurlik qilishni ifodalovchi tushuncha.
Pedagogik texnika
O‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalaydi.
Rivojlanish
Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.
“SWOT-tahlil” metodi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.