8.4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar va unga nisbatan
ajratmalar va to‘lovlar
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to‘lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan
27 «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. (O‘zR MAIMQV 25.06.2007 y. M-31-son Buyrug‘i bilan o‘zgartirish kiritilgan).
234
taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
a) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib, sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yohud haq to‘lash noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto‘g‘ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
o‘z hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o‘qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;
mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.
Ish haqini to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.
235
Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig‘i amaldagi yo‘riqnomada 28 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad
solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik jamg‘arma daromadidan ushlanadi:
har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo‘lib o‘tgan yili barcha manbalardan yig‘ilgan daromad summasi hisoblanadi;
oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;
daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo‘lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo‘lsa, har yili ish haqisini ham qo‘shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to‘g‘risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.
SHuningdek, ushbu yo‘riqnomaga muvofiq soliq to‘lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik jamg‘arma daromaddan quyidagi jadval bo‘yicha ushlanadi.29
Soliqqa tortiladigan daromad
|
Soliq summasi
|
miqdori
|
|
Eng kam ish haqining 1 baravari
|
Daromad summasining 0 %
|
miqdorigacha
|
|
Eng kam ish haqining 5 baravari
|
Daromad summasining 7.5 %
|
miqdorigacha
|
|
Eng kam ish haqining 5
|
Eng kam ish haqining olti baravari miqdorida
|
baravaridan yuqori (+1 so‘m) 10
|
olinadigan soliq + olti baravaridan oshadigan
|
baravari miqdorigacha
|
summaning 16,5 %
|
Eng kam ish haqining 10
|
Eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida
|
baravaridan yuqori (+1 so‘m)
|
olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan
|
O‘z R moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Jismoniy shaxslarning daromadlaridan byudjetga soliq hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnoma. 2002 yil 14 yanvar
Soliq va bojxona xabarlari. 50-son (646) 2017 yil 12 dekabr
236
miqdoridan
summaning 22,5 %
Daromad solig‘i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig‘i summasi korxona tomonidan budjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi kerak.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» passiv schyoti qo‘llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig‘i korxonaning budjetdan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi, Debet oboroti – budjetga o‘tkazib berilgan summani ko‘rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi.
Masalan, ishchiga yanvar oyida 1750000 so‘m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig‘i miqdori quyidagicha bo‘ladi: Minimal ish haqi 172240 so‘m.
172240 x5 = 861200so‘m.- 172240=688960 x 7.5% / 100% = 51672 so‘m
5 baravaridan 10 barobarigacha qismidan
861200 so‘m x 16,5% /100% = 142098 so‘m
10 baravaridan oshgan summa (1750000-1722400) 27600 so‘m x 22,5% / 100% = 6210 so‘m
jami ushlanadigan daromad solig‘i miqdori 199980 so‘m
(51672+142098+6210) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -199980 so‘m, Kt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti -199980 so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-744 qaroriga asosan hisoblangan ish haqidan 1% miqdorida xodimlarning yig‘ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma qilinar edi. 2018 yil 1-yanvardan boshlab bu miqdor 2 foizga ko‘tarilgan Ammo hisoblangan 2% yig‘ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma, hisoblangan daromad solig‘idan ushlab qolinadi. Bunda Dt 6410
237
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» scheti -35000 so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» scheti-35000 so‘m. buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» scheti -35000 so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» scheti -35000 so‘m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Byudjetga mablag‘ o‘tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti -164980 so‘m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -164980 so‘m.
Ish haqidan Pensiya fondiga 8 % miqdorda badal hisoblanganda, Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -140000so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -140000 so‘m.
Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -140000so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -140000 so‘m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o‘tkazib berish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro‘yxatga oladi. Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo‘lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.
Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo‘yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi.
Aliment hisobot oyi bo‘yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti.
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to‘lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari to‘lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan
238
pochta orqali o‘tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010-schyoti kreditlanadi.
Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag‘batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o‘tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo‘ladi.
SHunday qilib, qisman ushlanmalarni o‘nlab savdo tashkilotlariga o‘tkazib berish uchun bankka to‘lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib uning qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini ko‘rsatadi; Debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini ko‘rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o‘tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko‘rsatib xabar beradi. Korxona shuningdek ssuda bo‘yicha bank bilan to‘liq hisoblashadi. Agar korxona o‘z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo‘yicha bank kreditidan foydalanadigan bo‘lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari bo‘yicha shaxsiy schyotlar ochadi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo‘lishi mumkin: ish haqini Xalq bankiga, sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to‘lash, dalabog‘ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.
239
Dostları ilə paylaş: |