Segmentlar bo‘yicha hisobot – xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo‘yicha hisobot.
Standart kost (Standard Costs) – hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo‘yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o‘rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga o‘xshaydi.
376
Smeta – subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.
Tashkiliy strategiya – bo‘linmalarning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni haqiqatda bajarish uchun boshqaruvchilar tomonidan xodimlarga ta’sir qiluvchi nazorat quroli.
Tenglik usuli – tasdiqlangan formula bo‘yicha hisoblangan sof foyda yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli.
Texnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – tegishli yil uchun smeta va budjetni, uzoq muddatga subektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani ishlab chiqish.
Transfert baho – ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki ma’suliyat markazlari o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o‘rnatilgan baho. Transfert baholarni o‘rnatish ayrim bo‘lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan subektlarning bo‘linmalari o‘rtasida o‘rnatiladi.
Trendli tahlil – bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini o‘rganish.
Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) – daromadlar va sarflar yig‘ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilgan yig‘ma hujjat.