D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə35/116
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#122565
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Masalan: Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.

Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.


Eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.


Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).


Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan


149
qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya me’yori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi.


Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.


Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya me’yori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.


5.3-jadval


Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari





Amortizatsiya

Boshlang‘ich

Amortizatsiyaning yillik

To‘plangan

Qoldiq

ajratmalari

(qayta tiklash)

summasi

amortizatsiya

qiymati

davri

qiymat

























1-yil oxiri

1 100 000

40% x 1100000= 440000

440 000

660 000
















2-yil oxiri

1 100 000

40% x 660000= 264 000

704 000

396 000
















3-yil oxiri

1 100000

40% x 396000=158 400

862 400

237 600
















4-yil oxiri

1 100000

40% x 237600=95 040

957440

142 560
















5-yil oxiri

1 100 000

(40%x 142560=57024

1000 000

100 000







«nazorat maqsadida")













100000-57440= 42560





































150
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.


Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning foydali xizmat muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.


Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.

















5.4-jadval




Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari



















Amortizatsiya

Amortizatsnya

Amortizatsiyaning yillik




To‘plangan

ajratmalari davri

kilingan kiymat

summasi




amortizatsiya
















1-yil oxiri

1000 000

(5/15x1000000)= 333333,3




333333,3
















2-yil oxiri

1 000 000

(4/15x1000000)= 266666,7




600000,0
















3-yil oxiri

1 000 000

(3/15x1000000)= 200000,0




800000,5
















4-yil oxiri

1000 000

(2/15x1000000)= 133333,3




933333,3
















5-yil oxiri

1000 000

(1/15x1000000)= 66666,7




1000000,0
















Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so‘mga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.


Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.


151
Masalan: kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so‘m, xizmat muddati 5 yil, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo‘yicha yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20%ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi.

Hisobot yili davomida, qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi.


Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda, korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi.


Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obektlariga faqatgina bir usul qo‘llaniladi.


Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatining o‘zgartirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meyoriy tizimda o‘zgarishlar bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.


Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgarayotgan tendensiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o‘zgarishini oqlasa.


152
Bunday o‘zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o‘zgarishning sabablarini va ularning iqtisodiy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi.


Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutilayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o‘zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.


Tugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.


Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Tugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo‘lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.


Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin