Nazorat - hisob nuqtasi – o‘zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo‘yicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.
Progressiv xarajatlar – subektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq o‘sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda etiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.