D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə86/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi.
Foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy elementi hisoblanib, milliy daromadlarni qayta taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur soliq bevosita soliq bo‘lib, uning summasi korxona xo‘jalik faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Foyda solig‘i to‘lovchilari soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.

313


Soliq to‘lovchilar yilning birinchi choragi, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yil yakuni bo‘yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o‘sib boruvchi jamlash tartibida foyda solig‘i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga olgan holda hisoblab boradilar.
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»; 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarni o‘z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyotlar kiradi.
YUqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to‘g‘ri foydalanishlari zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i» schyotida hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. SHu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq

314


solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib Foyda solig‘iga tortiladi.
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin