D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə88/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

Aksiz solig‘i hisobi. Aksiz solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, bilvosita soliq sifatida byudjetga to‘lanadigan soliqdir.
Aksiz solig‘i Soliq kodeksining 229 - 241 moddalari bo‘yicha tartibga solinadi va aksiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib;


  • O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;




  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;




  • oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi

(ishtirokchisi).


316

  • Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi

mumkin.
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.


Sotilish qiymatiga:
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti;
K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti.
Aksiz solig‘i qiymatiga:
D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti.
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti.
Aksiz solig‘i byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti.
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin