Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilaridir.
YUridik shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastqalari;
qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan er uchastkalari;
korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er uchastqalari;
korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk xuquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tganer uchastkalari.
Er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to‘lovchilarga etkaziladi.
Er solig‘ini hisoblash er uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga oshiriladi.
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi:
319
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti"
Dostları ilə paylaş: |