D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə90/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olish, shuningdek qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi shaxslar to‘laydi.
Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar Soliq kodeksining242-247 moddalari bo‘yicha tartibga solinadi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Misol. Hisobot davrida korxonada qazib olingan ko‘mir hajmi 2000 ming so‘mni tashkil etadi, soliq stavkasi 3,8%.
Soliq summasi 2000 ming so‘m x 3,8% = 76 ming so‘mni tashkil etadi.

318


Hisoblab chiqilgan soliq summasi har oyda 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debeti va 6410- "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyotining kreditida aks ettiriladi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti - 76000 so‘m;
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so‘m.
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so‘m;
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 76000 so‘m.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin