D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


b) mol-mulk va resurs soliqlar hisobi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə96/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

b) mol-mulk va resurs soliqlar hisobi
YUridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq hisobi. YUridik shaxslar mol-mulkiga soliq solishning maqsadi keraksiz va ortiqcha uskunalar hamda boshqa mulklarning korxonalarda me’yordan ortiqcha saqlanishini bartaraf etishdan, korxonalarda tovar oboroti jarayonini jadallashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan barcha yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
SHuningdek korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan filial, vakolatxona yoki boshqa shakldagi tarkibiy qismlari ham mol-mulk uchun soliq to‘lovchilar sanaladi. Soliq solish stavkalari va soliq solish ob’ektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu soliq korxonaning mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi. YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagicha:
Yil davomida mol-mulkning hisobot davridagi (yil choragi, yarim yillik, 9 oylik) qoldiq qiymati mol-mulkning birinchi oyining 1 kunidagi qoldiq qiymatining yarmini hisobot davrida keyingi oyning 1 kunidagi qoldiq qiymatining yarmiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan summani, shuningdek mol-mulk qoldiq qiymatining hisobot davridagi qolgan barcha oylarning 1 kunidagi summasini hisobot davridagi oylar soniga bo‘lishdan hosil bo‘lgan xususiy hosila sifatida belgilanadi. Soliq solinadigan bazani belgilash uchun buxgalteriya hisobining balans aktivida aks ettiriladigan quyidagi schyotlar bo‘yicha summalar qabul qilinadi:
Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun eskirishni chegirib gashlagan holda quyidagi buxgalteriya xisobi schyotlari bo‘yicha balansning aktivida joylashgan summalar qabul qilinadi:
0110-0199 - asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0310- «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»;
0710-0720 - o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (me’yordagi muddatlarda o‘rnagilmaganlari bo‘yicha);

324


0810-«Tugallanmagan qurilish» (belgilangan muddatlarda tugallanmaganlari bo‘yicha).
Korxonaning mol-mulkiga 4,0%li stavka bo‘yicha soliq solinadi. Me’yordagi muddatlarda o‘rnatilmagan va foydalanilmayottan mol-mulk uchun korxona va tashkilotlar mol-mulk solig‘ini ikki karrali stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Soliqning hisoblangan summasi davr xarajatlarida hisobga olinadi va quyidagicha o‘tkazma bilan aks etti-riladi:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»; - soliq byudjetga to‘langanda:
Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» .

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin