Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi. Yo‘l fondining mablag‘lari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qurish, qaytadan qurish, ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda olib qo‘yilishi yoki sarflanishi mumkin emas. Yo‘l fondining joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari zahiraga o‘tkazilib, keyingi yilda faqat maqsadga muvofiq sarflanadi.
Respublika yo‘l jamg‘armasi ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Yo‘l fondiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Yo‘l fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Hisobot davri yakunida Yo‘l fondiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" hisob-varag‘iga o‘tkaziladi:
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6520 - "Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar";
SHundan so‘ng Yo‘l fondiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi:
D-t 6520 - "Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar";
K-t 5110 -"Hisob-kitob schyoti".
323