D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə97/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi. Ushbu soliqni to‘lovchilar o‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun er usti va er osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi, ya’ni yuridik shaxslar foydalangan suv resurslarining butun hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq kodeksining 257-264 moddalari bo‘yicha tartibga solinadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilarga belgilangan tartibda etkaziladi.
Er osti va er ustidagi manbalardan suv kelib tushadigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan holda soliq tegishli manbalar uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi. Tumanlar va shaharlar davlat soliq inspeksiyalari suv etkazib beruvchi korxonalardan vodoprovod tarmog‘iga er osti va er ustidagi manbalardan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati haqidagi ma’lumotlarni olishi va ularni soliq to‘lovchilar e’tiboriga havola etishi lozim.

325


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanganda:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyota"



  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin