D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uni to‘ldirish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə102/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

13.4. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uni to‘ldirish
13.5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish


13.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, u subektning moliyaviy - xo‘jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko‘rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:48
- barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo‘lgan davr hisobot yili hisoblanadi;




  1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni. 1996y.

330


- yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib matbuotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»;
5- «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo‘shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumot» ham topshiriladi.49 SHuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha eskirishini chiqarib tashlab ko‘rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va



  1. O‘z.R. moliya vazirligining 140-sonli buyrug‘i 2002 yil 27 dekabrdagi




  1. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standart

331


boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo‘shiladi. Lekin xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
SHu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. SHu’ba korxonalarga qo‘yilgan qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi.
YUridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo‘shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.50 Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmda topshiriladi:


  • buxgalteriya balansi (1-shakl);




  • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);




  • asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl);




  • pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl);




  • xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl);




  • debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma’lumot (2-a-shakli).

Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:




  1. buxgalteriya balansi (1-shakl);




  1. moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);

e) debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma’lumot (2-a-shakli).



332


Xo‘jalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda elon qilinishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subekt tugatilganda tugatish bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzadi. Korxonani tugatilishi bo‘yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. SHubhali qarzlar va zararlar tugatish balansga qo‘shilmaydi.
Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.
Moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o‘tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo‘yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:


  • ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o‘tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo‘yiladi;




  • 5010- schyotining debeti bo‘yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti

bo‘yicha 2- qaydnomalarning yig‘indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o‘tkaziladi;


333

- 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig‘indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;


- jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal-orderlarda schyotlar bo‘yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog‘lanuvchi schyotlar bo‘yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2-qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo‘yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o‘tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo‘yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig‘i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi.
Jurnal-orderlar ma’lumotlari bosh daftarga o‘tkazilgandan so‘ng jurnal-orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi, ijrochi hamda bosh buxgalterning imzolari qo‘yiladi.
Bosh daftarda schyotlarning qoldig‘i chiqarilgandan so‘ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo‘yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin