kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar YAgona soliq to‘lovi hisobi. 2005 yil 20 iyunda Prezidentning
"Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:
soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, birxillashtirilgan soliq to‘lovining joriy etilishi;
joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va
qo‘shimcha preferensiyalar berilishi.
YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq
326
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l, ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida to‘lanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |