D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə94/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

YAgona ijtimoiy to‘lov 2017 yilda 25 foizli stavka qilib belgilandi, uning maqsadli jamg‘armalarga quyidagi stavkalar bo‘yicha, ya’ni, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga -24,8 foiz, Davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga – 0,1 foiz, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,1 foiz miqdorida
321

taqsimlanishi saqlanib qoldi. Mikrofirma va kichik korxonalar, shu jumladan fermer xo`jaliklariga 15 foiz qilib belgilandi. Fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari amaldagi 7.5 foiz o‘rniga 8 foiz qilib belgilandi..


YUridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
Pensiya fondiga ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan
foydalaniladi:
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga hisobot davrida o‘tkazib berilgan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinadi.
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Pensiya fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 0810-0890;
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". Xarajatlarga tegishli sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 2010, 2310, 2510, 9410, 9420; K-t 6520- "Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
Xodimning ish haqidan ushlanadigan pensiya badali hisoblandi:
D-t 6710-"Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar";
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
322

Hisobot davri yakunida Pensiya fondiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" schyotiga o‘tkaziladi:


D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" K-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari".
SHundan so‘ng Pensiya fondiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi:
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar";
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti".

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin