D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə88/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi. Qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar bo‘lib faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart.
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqib, soliq summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:

      • yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay;

      • faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – hisobot yilining 15 yanvarigacha taqdim etiladi.

Soliq solish ob’ekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Qat’iy belgilangan soliqni yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi:
D-t 9810-"Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar" schyoti; K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq" schyoti;
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti; K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin