53
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag‘lar turi yoki ularning manbai
balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi:
«Asosiy vositalar», «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot»,
«Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot
yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol etkazib beruvchilardan
qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining
tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu
talab aktivda ham, passivda ham mablag‘larning bir xil hajmda, faqat har xil
guruhlanishda ko‘rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo‘yicha, passivda - manbalari
bo‘yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so‘zi tenglik,
barobarlikni anglatadi. SHuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so‘zi
bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning
o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini
ko‘rsatadi. SHunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning
manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subektlari
ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdir.
Dostları ilə paylaş: