130
sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj
qilish, sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar;
aktivni maqsadli
foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan
uzoq muddatli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy
vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt
asosiy vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan
maqsadli kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan
foizlar
obektning ishga tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga
oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning
ishga tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga
topshirilgan bo‘lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar
obekti foydalanishga berilgandan keyin o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik
yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar (9610 - «Foiz
ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki
qiymati
sotib olingan aktiv qiymati kabi
tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy
vositalarning ushbu obektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan
tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valyutasiga sotib olinsa, u holda
ularning dastlabki qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar,
shuningdek, aktivni etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish
bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish
bilan bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi
to‘ldirilgan sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy
banki belgilagan kurs
bo‘yicha summani chet el valyutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy
valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. SHuni ham
ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obektlari to‘lovlari, moddiy-
tovar zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan
131
o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq
bo‘lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi,
balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
YUqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning
boshlang‘ich qiymati shakllanishi, ya’ni uni tan olish uchun maqbul asoslar
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: