D. Q. Usmanova


 Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

 
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash 
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi 
Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy 
vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning 
boshlang‘ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi 
va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara 
shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0110 "Er"; 
0111 "Erni obodonlashtirish"; 
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish"; 
0120 "Binolar, inshootlar va uzatgich moslamalari"; 
0130 "Mashina va asbob-uskunalar"; 
0140 "Mebel va ofis jihozlari"; 
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi"; 
0160 "Transport vositalari"; 


133 
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar"; 
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar"; 
0190 "Boshqa asosiy vositalar"; 
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar". 
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy 
vositalarning mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni olish 
imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan 
tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar" 
(20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va 
foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi 
ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi: 
a) korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi 
hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan; 
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan shuningdek, to‘lov evaziga boshqa 
korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, 
tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu 
ob’ektlarni xarid qilishda, to‘langan va qoplanmaydigan soliq (yig‘imlar) 
shuningdek, etkazib berish, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni 
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan 
holda; 
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat 
idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi 
bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha. 
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati faqat qayta qurilganda, 
ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda 


134 
o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 
yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari 
to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik 
shaklidan qati nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy 
bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar 
bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo‘yicha 8510 "Mulkni qayta baholash 
bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan 
kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari 
bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Korxonaning o‘zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga 
asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti 
bo‘yicha kirim qilinadi. 
Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan 
asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) 
debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim 
qilinadi. 
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim 
qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 
"Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Biroq, 
soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad 
(foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. 
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush 
sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida 
hisobdan chiqarishda ularning boshlang‘ich qiymati tegishli (0100) asosiy 


135 
vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib 
ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. 
0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida 
berilgan er maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida 
shuningdek, er maydonlarini xarid qilishda to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlar, 
ko‘chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, 
sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, zovurlar qiymati, erlarni tozalash va tekislash 
xarajatlari hisobga olinadi. 
Erlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni 
chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo‘yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" 
schyotida kapitalizatsiya qilinadi. CHunki ushbu xarajatlar erdan kelgusida 
foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur. 
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib 
olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish qiymati 
0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani 
tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni 
kamaytiradi. 
Agar er maydoni oldindan tasarrufda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi 
qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo‘yicha xarajatlar 
0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni 
hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi. 
0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida er maydonlari tuzilishini o‘zgartirish, 
kelish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to‘xtash 
maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari 
hisobga olinadi. 
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga 
olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 


136 
obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi. 
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar" schyotida quyidagilar 
hisobga olinadi: 
a) bino - ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar 
ob’ekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki 
qo‘shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo‘shimcha qurilishlar tarkibiga bir 
me’yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya 
tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimlari, ichki telefon va 
kompyuter tarmoqlari, lift xo‘jaligi, yong‘indan saqlash va qo‘riqlash 
signalizatsiya tizimi) kiradi; 
b) inshootlar - avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, osma yo‘llar, suv ombori, neft 
va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar; 
v) o‘tkazuvchi moslamalar - elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo‘llari, 
issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar. 
0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi: 
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar - atom reaktorlari, qozonlar, bug‘ 
dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari 
va boshqalar; 
b) ishchi mashinalar va uskunalar - mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, 
kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar; 
v) o‘lchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda 
jihozlari - tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, 
signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va 
boshqalar; 
g) boshqa mashinalar va uskunalar - telefon stansiyasi uskunalari va boshqa 
oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar. 
0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun 
mo‘ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig‘imlari, kreslo, temir 


137 
seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog‘oz 
qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi. 
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" schyotida kompyuterlar, 
printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash 
texnikalari hisobga olinadi. 
0160 "Transport vositalari" schyotida temir yo‘l, suv, havo, avtomobil, ishlab 
chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi 
shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi. 
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotida ishchi kuchi sifatida 
foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va 
boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida 
foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) 
beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo‘ylar, echkilar va boshqalar hisobga 
olinadi. 
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar" schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, 
meva-rezavor daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga 
olinadi. 
0190 "Boshqa asosiy vositalar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda 
sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi. 
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar" schyotida qonunlarda 
belgilangan tartibda konservatsiyalangan asosiy vositalar hisobi yuritiladi. (O‘zR 
AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i 
taxriridagi band) 
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bog‘lanishi 
(5.1.jadval) 
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy 
vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘lib, korxona ta’sischilari tomonidan 
kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa. Masalan, "Xususiy korxona 
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, 


138 
5.1.jadval 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin