321
bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi bo‘lib, ular ma’lum maqsadga yo‘naltiriladi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib,
ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyaviy qonunchilik orqali tartibga
solinadi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish orqali o‘zining
moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaliyotdan
ma’lumki, faqatgina byudjet mablag‘lari yordamida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarni hayotga tatbiq etish mushkuldir.
Pensiya jamg‘armai shakllanishining boshqa elementlari ham bor:
"Fuqarolarning
davlat
pensiya
ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining‘ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda
jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya
to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish
beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
"Fuqarolarning
davlat
pensiya
ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan
pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan
ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;
"Fuqarolarning
davlat
pensiya
ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli
pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq
organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undirilgan summalaridan tashqari,
sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar;
Dostları ilə paylaş: